Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:28

Militsiya xodimining qiynoq qo‘llagani yuzasidan prokuratura surishtiruv boshladi


Tohir Qambaraliyevning militsiya qinog‘idan keyingi ahvoli
Tohir Qambaraliyevning militsiya qinog‘idan keyingi ahvoli

Yangiyo‘l shahar IIB xodimi gumonlanuvchini tergov paytida kaltaklab¸ mansab faoliyatini su’istemol qilganligi yuzasidan tuman prokuraturasi surishtiruv boshlagan.

Toshkent viloyat IIB tizimida ishlaydigan mulozimning Ozodlikka 1 dekabr kuni bildirishicha¸ 21 noyabr kuni bezorilikda gumonlanib qo‘lga olingan 27 yashar Qambaraliyev Tohirni so‘roq qilish mobaynida IIB xodimi uni kaltaklagan.

- O‘zbekiston JPKsiga zid bo‘lgan bu holat yuzasidan barcha materiallar prokuraturaga topshirildi¸ aybdor qonunda ko‘zda tutilgan tarzda jazosini oladi, dedi mulozim.

Unga ko‘ra¸ O‘zbekiston prezidentining 19 noyabr kuni videoselektorda nopok militsionerlarni tanqid qilganidan 2 kun o‘tib gumonlanuvchining militsiya yerto‘lasida kaltaklanishi “o‘taketgan surbetlikdir”.

Yangiyo‘l tuman hokimligidagi yana bir mulozim Ozodlik bilan suhbatda “gumonlanuvchini qo‘lga olish paytida huquqlarini ta’minlay olmagani uchun” Qambaraliyev istiqomat qilayotgan mahalla uchastka noziri A’zam Mansurovga ham ogohlantirish berilgan.

Ozodlik muxbiri 21 noyabr kuni IIB xodimi tarafidan so‘roq paytida kaltaklangan Qambaraliyevning turmush o‘rtog‘i bilan ham gaplashdi.

Uning aytishicha, eri oldiniga ToshMI kasalxonasiga olib borilgan va hozirda Samarqand shahridagi kasalxonada davolanmoqda:

- Doktorlarning aytishicha¸ ahvoli jiddiy¸ to‘mtoq jism bilan urilganlik oqibatidagi gemotoma deb tashxis qo‘yildi. Operatsiya qilamiz deyishgan edi¸ erim rozi bo‘lmadi, - deydi suhbatdosh.

Qaytarilmagan qarz ustida chiqqan janjal

So‘roq paytida kaltaklangan Qambaraliyevning xotiniga ko‘ra¸ qaytarilmagan qarz bois janjal chiqqan:

- Bir yigit erimdan 1000 dollar qarz oluvdi. Ikki oydan beri bermay yuruvdi. Erim o‘sha yigitni chetga chaqirib bir shapaloq urib cho‘ntagidagi 400 dollar pulini olgan. Bu yigit militsiyaga ariza yozgan. Keyin erimni olib ketishdi. Kech soat 6 larda eshigimizni buzib erimni majburlab, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIBga olib ketishdi. Erim aybini bo‘niga olib yozib berdi. Lekin o‘sha kuni soat 22larda erimni yerto‘laga qamab rosa urishdi. Tepishgan. Agar hayvon shu kaltakni yesa o‘lib qolar edi. Oper xodimi uni trusigini yechib zo‘rlayman¸ xotining bilan onangni ko‘zing oldida zo‘rlayman degan. Men bu bedodlik yuzasidan ariza yozib berdim. IIB hodimlar esa arizangni qaytarib ol deb menga bosim qilmoqda, deydi suhbatdosh.

So‘roq paytida kaltaklangan Qambaraliyevning xotini o‘z gaplariga isbot sifatida badani kaltaklar zarbidan ko‘karib ketgan erining fotosuratlarini Ozodlikka taqdim qildi.

Tohir Qambaraliev kasalxonada
Tohir Qambaraliev kasalxonada

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ kurash bo‘yicha sport masteri bo‘lgan Tohir Qambaraliyevning o‘z qarzini undirish uchun K. ismli Rossiya fuqarosiga kuch ishlatgani yuzasidan tergov davom etmoqda.

Ayni paytda Qambaraliyevni so‘roq paytida kaltaklagan tergovchi ishdan chetlashtirilgan va ishi prokuraturaga oshirilgan.

Гумонланувчини сўроқ пайтида калтаклаган Янгийўл ИИБ ходимини прокуратура текширмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00
Бевосита линк

Farmon ta’siri shunchalik tezmi?

Yangiyo‘l tuman hokimligidagi mulozimning ta’kidicha¸ 30 noyabr kuni imzolangan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarnni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qabul qilingan farmon Yangiyo‘l IIB rahbarlarining o‘z xodimini jazolashiga sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti farmonida tergov paytida qiynoq qo‘llash taqiqlanadi. Shuningdek qiynoq va noqonuniy yo‘llar bilan olingan ko‘rsatmalar sudda inobatga olinmaydi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 19 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda militsiya xodimlari jiddiy tanqid qilingan edi.

Yig‘ilishni olib borgan Mirziyoyev so‘nggi 10 oy davomida 7 mingga yaqin militsioner xizmat intizomini buzgani. 272 nafar militsioner jinoiy javobgarlikka tortilgani va 800 ga yaqin jinoyat militsionerlar tarafidan yashirilganini ma’lum qilgan edi.

“Ichki ishlar saflarini unga adashib kirib qolganlardan tozalash” kerak", - degan prezident ular “xalq militsiyasi” degan nom qozonish uchun olg‘a qadam tashlashi kerakligini uqtirgan edi.

Agar sizlar ham O‘zbekistonda mahkum va gumondorlarga so‘roq paytida qiynoq qo‘llanishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz bizga ma’lum qiling.

XS
SM
MD
LG