Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:58

"Shavkat Mirziyoyev birdan qiynoqlarni yo‘q qila olmaydi"


30 noyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev qiynoq va noqonuniy yo‘llar bilan olingan ko‘rsatmalardan dalil sifatida foydalanishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, bundan buyon qiynoq va noqonuniy yo‘llar bilan olingan ko‘rsatmalardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi.

Jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llagan holda” olingan ko‘rsatmalardan “dalil sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmasin”, deyiladi farmonda.

Farmonda shuningdek uch oy ichida hibsxonalarda videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga ko‘rsatma berilgan.

Qiynoqlar qo‘llanilganiga oid da’volar prokuratura va sud tomonidan tekshirilishi shart bo‘ladi.

Ozod Nazar ruknida gapirgan jizzaxlik inson huquqlari faoli A’zam Farmonov yangi farmon juda ham zarurligini aytdi.

A’zam Farmonov 3 oktyabr kuni 11 yarim yillik qamoq jazosidan so‘ng ozod etilgandi.

"Жаслиқ"да 11 йил ётган тутқун ҳикояси: Бизни "Ўзбегим" садоси остида қийнашарди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:33 0:00

Jasliq qamoqxonasida umrining 11 yilini o‘tkazgan Farmonovning ishonishicha, yangi farmonni hayotga tadbiq qilish "oson bo‘lmaydi".

"Qiynoqlarni yo‘q qilishda Shavkat Mirziyoyevga vaqt berishimiz kerak," dedi huquqbon.

A’zam Farmonov bilan suhbatni tinglang.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:11 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG