Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:30

O‘quvchilar prezident qabulxonasi ta’limdagi poraxo‘rlikni to‘xtatishiga ishonmayapti


Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi To‘qimachilik va engil sanoat instituti qoshidagi 2-akademik litsey binosi.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi To‘qimachilik va engil sanoat instituti qoshidagi 2-akademik litsey binosi.

Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezidentlikka kelishidan so‘ng qizg‘in ishga tushirilgan virtual qabulxonaga¸ rasmiy statistikaga ko‘ra¸ 29 dekabrga qadar 323 118 o‘zbekistonlik murojaat qilgan. Bu shikoyatlardan 256 mingga yaqini ko‘rib chiqilgani¸ ularning ko‘piga darhol yechim topilganiga oid rasmiy hisobotlarga qaramay¸ Ozodlikka bog‘langan ayrim o‘zbeklar korrupsiya bilan bog‘liq jiddiy murojaatlarning javobsiz qolaëtgani¸ yoxud bunday shikoyat egalariga bosimlar bo‘layotgani bois¸ odamlarning aynan poraxo‘rlik muammosi bo‘yicha murojaat qilishdan cho‘chib qolganini aytmoqda.

Prezident qabulxonasi vs ozod matbuot

Bir guruh o‘quvchi yoshlar o‘zlari ta’lim olayotgan muassasa rahbariyatidan dakki yeyish¸ virtual qabulxonaga shikoyat qilish jasorati uchun jazolanishdan qo‘rib¸ prezident qabulxonasi emas¸ Ozodlikka murojaat etishga qaror qildi.

Bu murojaat O‘zbekiston ta’lim tizimidagi korrupsiyaning kundalik manzarasiga bag‘ishlangan.

“Biz Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchilarimiz. Litseydagi korrupsiya haqida Mirziyoevning portaliga rasman yozmoqchi edik. Bu haqda gaplashganimizni bilib¸ bizni qo‘rqitishdi. “Siyosatga aralashmanglar¸ direktorning tankasi kuchli¸ baloga qolasizlar” deyishdi. Sentabr oyida vazir almashganida¸ tekshiruv bo‘lib¸ ochiqchasiga pul yig‘ishlar bir oz tiyilgandek bo‘ldi. Bugunga kelib¸ hammasi avvalgi holida yana davom etayapti. Portalga yozsak¸ uni yana litsey rahbarlariga topshirishlaridan qo‘rqib¸ sizlarga chiqayapmiz”¸ deyiladi litsey o‘quvchilari nomidan Ozodlikka kelgan maktubda.

(Maktub mualliflari Ozodlik bilan muloqot davomida o‘zlarining nomi tilga olingan litsey o‘quvchilari ekanini tasdiqlovchi guvohnomalarini taqdim etdi. Ayni paytda o‘quvchilar¸ litseydagi yig‘imlarga oid o‘z shikoyatlarini bilvosita qo‘llashi mumkin rasmiy hujjatlar¸ xususan¸ davomat va baho jadvallarini ham Ozodlikka taqdim etdilar. Bu hujjatlar¸ manbalar xavfsizligini himoyalash maqsadida oshkor etilmayotir.)

Rasmiy bayonotlardan tug‘ilayotgan eyforiyaga qaramay¸ o‘zlari o‘qiyotgan muassasada amalda korrupsiya vaziyati o‘zgarmayotganini ta’kidlagan o‘quvchi-yoshlar¸ kundalik o‘qish jarayonida guvoh bo‘laëtgan muammolarni birma-bir tasvirlashga urindilar.

Noqonuniy yig‘imlar zulmi

To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchilari iddaosicha¸ ulardan har oy majburan olinadigan¸ ammo biror vedomostda qayd etilmaydigan yig‘imlardan birinchisi ID kartochkalar pulidir.

“Litsey binosiga kirib-chiqishni registratsiya qiladigan turniket uchun avvallari 6000 so‘mdan olishardi¸ bugunga kelib¸ hech bir izohsiz¸ 11 ming so‘m qilib qo‘yishdi. Bu pulni bermaganlarga¸ diplom berilmas ekan.Bu pul kimgadir arzimagan bo‘lib ko‘rinar¸ ammo bizga uni berish alam qiladi”¸ deydi o‘quvchilardan biri.

O‘quvchi davomatini nazorat qilish maqsadida mobil telefon operatorlari bilan hamkorlikda joriy qilingan bu tizim¸ aytilishicha¸ o‘quvchining darsga qachon kelib¸ qachon ketayotgani haqida ular ota-onalariga SMS xabarlar jo‘natishi kerak.

“Lekin bunaqa SMSlar muntazam ishlamaydi. Ularga chap berish yo‘llari ko‘payib ketgan. Ammo bizdan olinayotgan pul oshgandan oshib bormoqda”¸ deydi o‘quvchilardan yana biri.

Talaba berishi shart bo‘lgan ikkinchi noqonuniy yig‘im¸ Ozodlikka ayon bo‘lishicha¸ farrosh pulidir.

“Har bir talaba oyiga o‘rtacha 4000 so‘mdan farroshga oylik yig‘ib berishi shart. Bu pulning yig‘ilganiham biror hujjatda aks etmaydi. Nahotki¸ butun boshli litseyning farrosh yollashga qurbi yetmaydi”¸ deydi Ozodlik suhbatlashganlardan biri.

O‘quvchi¸ uning ota-onasi cho‘ntagiga zulm bo‘lgan yana bir yig‘im¸ imtihondan yiqilganlarga qo‘yiladigan “remont” jazosi. Imtihondan o‘tkazishmasa¸ kamida bitta sinf xonasini to‘liq remont qilib berish shartini qo‘yishadi. Bo‘lmasa¸ kursdan qoldiramiz¸ deb qo‘rqitishadi”¸ deyiladi Ozodlikka kelgan murojaatda.

O‘lik jonlar yoki davomat firibgarliklari

Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchi va ayrim o‘qituvchilari Ozodlikka taqdim qilgan hujjatlardan anglashilishicha¸ oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi davomat jiddiy nazoratga olingani aytilsa-da¸ har bir guruhda yil davomida darsga umuman kelmaydigan o‘quvchilar bor.

“Darsga kelmaydigan¸ ammo ismi-sharifi faqat o‘qituvchilarning qayd daftarida mavjud o‘quvchilar bor. Masalan¸ men o‘qiydigan guruhda shunaqalardan to‘rttasi bor. Buning narxi yiliga 600-700 dollar atrofida”¸ degan o‘quvchilaridan biri o‘z guruhida akademik yil boshlangandan beri umuman o‘qishga kelmaganlar ismi-sharifini¸ ularning soxta ravishda jadvalga ëzib borilaëtganini iddao qiladi.

“Litseyga kirish qanchalik pullik bo‘lsa¸ unda o‘qish va bitirish ham faqat poraga bo‘ladi. Masalan¸ bizning litseydagi iqtidorli o‘quvchilar Xitoy beradigan grant bo‘yicha Shanxayga borib o‘qishi mumkin. Iqtidorli bolalar konkursda qatnashdi¸ ammo Xitoy granti direktorning o‘g‘liga tegdi. Umuman Xitoyga bormagan o‘quvchi¸ men Xitoyda o‘qib keldim¸ deb ëlg‘on prezentatsiya qilib berdi. Borib turgan aldamchilik”¸ deydi ayni litseyda o‘qiëtgan Ozodlik manbalaridan biri.

Raddiya

Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-akademik litsey bir guruh o‘quvchilaribildirgan bunday shikoyat va iddaolar yuzasidan Ozodlik muxbiri litsey rahbariyati bilan bog‘lanishga urindi. Direktor Farida Nazarovaning ishda emasligini bildirgan litsey ma’murlaridan biri¸ litsey o‘quvchilaridan tushgan shikoyatlar mazmunini eshitib¸ taajjubga tushganini yashirmadi.

“O‘qituvchilarimizning hammasi prokuraturaga borib¸ pora olmaslik¸ har xil yig‘imlar olmaslik haqida kafolat xati yozib bergan. Bizda bunaqa muammo yo‘q. O‘quvchilar rahbariyatga biror marta shikoyat ham qilmagan. Sizdan eshitib¸ hayron bo‘layapman”¸ dedi litsey ma’murlaridan biri.

Litsey talabalaridan tushgan shikoyatlar mazmuni¸ ularga echim topish yo‘llari yuzasidan O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatidan munosabat olishning imkoni bo‘lmadi – Ozodlik radiosi kalimasini eshitishi bilan¸ matbuot xizmati xodimi go‘shakni ilib qo‘ydi.

“O‘quvchi va ota-ona ta’lim sohasidagi korrupsiya bo‘yicha virtual qabulxonaga murojaat qilsin!”

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining aynan o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga aloqador rasmiysi mikrofonsiz suhbatda¸ o‘quvchilar tilga olgan muammolar mavjudligidan vazirlikdagilar yaxshi xabardor ekanini e’tirof qildi.

“Har yil yig‘imlar borligi haqida shikoyatlar ko‘p. Bu jiddiy muammo va biz buni to‘xtatishga harakat qilayapmiz. Litsey va kollej o‘quvchisi hali 18 yoshga to‘lmagan va bola hisoblanadi. Bolalardan har xil bahona bilan pul talab qilish bu jinoyatga teng harakat. Bular hali bola bo‘lsa¸ pulni qaerdan olsin!” dedi vazirlik mulozimi.

Bu rasmiyning qayta-qayta ta’kidlashicha¸ ta’lim¸ xususan¸ oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi korruptsiya jarayonining jilovlanishi uchun mas’uliyat o‘quvchilar¸ xususan¸ ular ota-onalari zimmasida hamdir.

“Ota-ona xohlasa bizning vazirlik (1006 telefon raqami-tahr.)¸ xohlasa¸ prezident virtual qabulxonasiga (210-00000) murojaat qilishi kerak. Ulardan ismi-sharifingiz kim¸ deb so‘raladi. Bu arizani registratsiya qilish uchun so‘raladigan shunchaki rasmiyatchilik. Bundan qo‘rqish kerak emas. Hech kim ota-ota¸ yoki uning o‘quvchi-talaba bolasini so‘roq-savol qilmaydi. Xatga tushdi – o‘tga tushdi. Ularning shikoyati qaydga olingandan keyin¸ albatta¸ ko‘rib chiqiladi. Jiddiy asoslar bo‘lsa¸ uni mutaxassislar guruhi o‘rganadi¸ kerak bo‘lsa¸ ishchi guruhiga o‘tkaziladi. Korruptsiya alomatlari bor¸ deb topilsa¸ prokuraturaga oshiriladi. Ta’lim sohasini tozalashga hamma qo‘shilishi kerak”¸ deydi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mulozimi.

XS
SM
MD
LG