Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:01

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi terror hujumi bilan tahdid qilishda ayblanmoqda


O‘zbekistonlik 25 yashar Xurshid Haydarov AQShning Kanzas shahri yaqinida qo‘lida qurol bilan, politsiyaga 4 soat qarshilik ko‘rsatdi.
O‘zbekistonlik 25 yashar Xurshid Haydarov AQShning Kanzas shahri yaqinida qo‘lida qurol bilan, politsiyaga 4 soat qarshilik ko‘rsatdi.

AQShda o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi politsiya bilan to‘qnashib, avtomobillar harakatini bir necha soatga to‘xtatib qo‘ydi. Haydovchi o‘ziga qo‘yilgan terror hujumi bilan tahdid solish ayblovini rad etmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 25 yashar Xurshid Haydarov Kanzas shahri yaqinidagi shtatlararo 25- shosseda qo‘lida qurol bilan, politsiya bilan 4 soat to‘qnashuvga kirishgan.

29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda Haydarov ishtirok etdi. Sudda unga rus tilini biladigan tarjimon kerak bo‘ldi. AQSh rasmiylarinning bildirishicha, O‘zbekiston vatandoshi bo‘lmish Haydarov Filadelfiyada yashaydi va ingliz tilida yaxshi so‘zlasha olmaydi.

Sudya navbatdagi sud majlisini 3 yanvarga belgiladi.

Mazkur hodisa 23 dekabr kuni dam olish shoxobchasida turgan yuk mashinasi haydovchisi boshqa yo‘lovchilarga "uzun qurol" bilan o‘qtalayotgani haqida guvohlar xabar berganidan keyin boshlangan. Hodisa davomida biror marta ham o‘q uzilmagan.

Politsiya vaziyat barqarorlashgunicha yo‘lning shoxobcha yaqinidagi bo‘lagini yopib qo‘ygan.

Kelib chiqqan to‘qnashuv politsiya xodimlari yuk mashinasining derazalaridan birini sindirib, Haydarovni qo‘lga olganidan keyin o‘z yakuniga yetgan.

Keyinroq Haydarovning quroli pnevmatik qurol ekanligi aniqlangan. Bunday qurol odatda o‘limiga sabab bo‘lmaydi.

Politsiyaning bildirishicha, Haydarovning es-hushi joyida bo‘lmagan, ammo uning qonida alkogol izlari topilmagan.

XS
SM
MD
LG