Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:17

Rossiyadan deportatsiya qilingan ukrainalik qochqin Toshkentdagi priyomnikdan topildi


Ayla Safronova Toshkentning maxsus priyomnigida 12 dekabrdan beri qolmoqda
Ayla Safronova Toshkentning maxsus priyomnigida 12 dekabrdan beri qolmoqda

Ozodlik Rossiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan ukrainalik qochqin Ayla Safronova Toshkentdagi maxsus priyomnikda ekani aniqladi. 20 yashar Ayla Safronova bilan borib uchrashgan O‘zbekiston Huquq himoyasi al’yansi faollari uni og‘ir ruhiy tushkunlik hamda boshqa kasalliklari qo‘zigan holatda ekanini ma’lum qildi. Ayla Safronovaning O‘zbekistonda nimada ayblanayotgani noma’lumligicha qolmoqda.

Ukrainalik qochqin Ayla Safronova O‘zbekiston poytaxtidagi Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli maxsus priyomnikda ushlab turilibdi.

Bu xabarni Ozodlikka tasdiqlab bergan O‘zbekiston Huquq himoyasi alyansi (PAU) faoli Yelena Urlaeva 26 dekabr kuni Ayla Safronova ushlab turilgan muassasani qiyinchiliklar bilan topib, qochqin qiz bilan shaxsan uchrashganini Ozodlikka so‘zlab aytdi.

Ayla saqlanayotgan maxsus priyomnik. (Foto Elena Urlaeva tomonidan taqdim etildi)
Ayla saqlanayotgan maxsus priyomnik. (Foto Elena Urlaeva tomonidan taqdim etildi)

Yelena Urlaevaning aytishicha, bu muassasa Toshkent aeroporti yaqinidagi Boshliq massivada yo‘l yoqasida joylashgan va idora rahbari ismi Akmal Bobojonov bo‘lishi mumkin.

- Bu maxfiy bir joy ekan, u joyni ko‘pchilik bilmaydi. U bir tarqatuvchi priyomnikka o‘xshaydigan joy ekan. U yerda qizimiz Umirova Zarya nomi ostida ushlab turilibdi. Men uning surxondaryolik qarindoshiman, deb u bilan uchrashdim. Menga posilka berish bahonasida u bilan uchrashishga ruxsat berishdi. Men uni kameradan olib chiqishganini ko‘rdim. Uchrashuvimiz 7-tacha oper, militsiya xodimlari guvohligida o‘tdi. U haqiqatan Rossiyadan olib keltirilgani, tanasida Ukraina sharqidagi janglarda olgan oskolka jarohati borligi, sovuq kamerada uning kasali qo‘zib qolgani – qorin bo‘shlig‘ida shish paydo bo‘lganini aytib berdi. Afsuski, uchrashuv muhlati qisqa bo‘lgani bois ko‘p gaplasha olmadik, dedi Yelena Urlaeva.

Huquq himoyachisi 20 yashar Aylanining ruhiy holati ham juda og‘ir ekanini ta’kidladi:

- Uning qo‘rqa-qo‘rqa yurishidan, ohista gapirishidan stress holatida ekanini taxmin qildim. Birinchidan, uni og‘ir jinoyatchiga o‘xshatib kishanda olib kelishdi. Ikkinchidan, u kamerada saqlanayotgani ham yosh juvonga juda og‘ir ruhiy bosim bo‘ldi. U Ukrainaga jo‘natilishdan qo‘rqayotganini gapirdi. Qizig‘i, u O‘zbekiston tomonidan nimada ayblanayotgani noma’lumligicha qolmoqda. Taxminlarimga ko‘ra, u qalbaki hujjatlardan foydalangan ekan. Ammo, bu juda shubhali ish – uni yaxshilab o‘rganish kerak, - dedi Yelena Urlaeva.

Huquq himoyachisi alьyans faoli Malohat Eshonqulova bilan birga O‘zbekiston Ombudsmani va Rossiya elchixonasi idorasi oldida Ayla Safronova himoyasiga piket uyushtirgani va unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi talabi bilan chiqqanini bildirdi.

Елена Урлаева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:12 0:00
Бевосита линк

Yelena Urlaeva mahalliy militsiya, prokuratura va boshqa idoralarga so‘rov jo‘natgani va hozircha javob olmaganini ham aytdi. U Rossiyadan Aylaning advokati va boshqa yaqinlari bilan aloqada bo‘lib turgani, yaqin kunlarda unga tegishli bo‘lgan hujjatlar yetib kelishini ma’lum qildi.

Hozirda Ayla Safronova huquqlarini O‘zbekistonda himoyalash uchun Alyans tomonidan maxsus advokat yollangani ham bildirildi.

Elena Urlaeva Ayla bilan shu kabinetda uchrashdi
Elena Urlaeva Ayla bilan shu kabinetda uchrashdi

Yelena Urlaeva bu qizning ishi jamoatchilikka ovoza qilinishi zarurligini gapirib, shunday dedi:

- Agarda bu qizni qiynoqlarga solishsa, u surxondaryolik o‘zbek ekanligida, IShIDchi ekanligida osonlik bilan ko‘nadi va unga nisbatan yengillik bilan jinoiy ishlar soxtalanishi mumkin. Shu sababli bu insonni qutqarishimiz lozim, bu hodisani ko‘pchilikka etkazishimiz zarur, dediO‘zbekiston Huquq himoyasi alьyansi (PAU) rahbari Yelena Urlaeva.

Bundan oldinroq, Ozodlik Rossiyaning Tyumen shahridan o‘g‘irlab ketilgani iddao qilingan va Toshkentga jo‘natib yuborilgan 20 yoshli Ayla Safronova ishi to‘g‘risida xabar bergandi.

Ukrainaning Slavyansk shahrida tug‘ilgan va Rossiyada 3 yoshidan beri yashab kelgan 20 yashar Ayla Safronova 9 dekabr kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi va hozirda mahalliy prokuratura tekshiruvi ostida izolyatorda saqlanmoqda.

Himoyachisining aytishicha, Aylaning onasi Natali va ukasi Denis ham Toshkentga deportatsiya qilinishi xavfi ostida qolmoqda va shuning uchun ular politsiya va migratsiya idorasi xodimlaridan yashirinib yashashga majbur. Tyumen ma’murlari fikricha, bu oila a’zolari o‘zbekistonlik va ular hujjatlarni qalbakilashtirganlikda ayblanmoqda.

XS
SM
MD
LG