Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:34

26 dekabr - Rossiyada motam kuni (VIDEO)


25 dekabr tongida Sochi qirg‘oqlarida qulagan samolyotda halok bo‘lganlar orasida 9 jurnalist ham bor edi.
25 dekabr tongida Sochi qirg‘oqlarida qulagan samolyotda halok bo‘lganlar orasida 9 jurnalist ham bor edi.

Bugun Rossiyada Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-154 samolyoti qulashi ortidan halok bo‘lgan 92 odam xotirasiga motam tutilmoqda.

Rossiya rasmiylari samolyotning qulashiga terror harakati sabab bo‘lgan, degan tahmin hozircha ko‘rib chiqilmayotganini bildirdi.

25 dekabr tongida Sochi qirg‘oqlarida qulagan harbiy samolyot halokatiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Bortda 84 yo‘lovchi va ekipajning 8 a’zosi bo‘lgan. Bular harbiylar, Rossiyaning mashhur Aleksandrov nomidagi harbiy ansambli ijrochilari hamda turli OAVning 9 jurnalisti edi.​

26 декабрь Россияда мотам куни деб эълон қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:41 0:00

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Nikolay Pankov halokatda Aleksandrov ansamblining 68 xodimi halok bo‘lganini aytar ekan: “Ansamblь bizning armiyamiz ramzi bo‘lib qolaveradi va o‘z faoliyatini davom ettiradi”, deb bildirdi.

Halokatga uchragan samolyot Moskvadan Sochiga kelgan va bu erdan Suriyaning Latakiya shahriga yo‘l olayotgan edi. Latakiyada artistlar Rossiya harbiy bazasidagi uchuvchilarga kontsert dasturini namoyish etishi rejalashtirilgandi.

O‘zA agentligi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘llaganini xabar qildi.

"Qora dengiz uzra Tu-154 samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan ko‘plab kishilar hayoti boy berilgani haqida xabarni qalbimda chuqur qayg‘u bilan qabul qildim", deya iqtibos keltirdi prezident maktubidan agentlik.

XS
SM
MD
LG