Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:25

O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegara muammosi yaqin oylarda hal etiladi (VIDEO)


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambaev bilan Samarqandda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev qirg‘izistonlik hamkasbi Almazbek Atambaev bilan Samarqandda.

Yanvar oyining o‘rtalarigacha O‘zbekiston –Qirg‘iziston chegarasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Sapar Isaqov 25 dekabrda matbuotga ma’lum qildi.

Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Sapar Isaqov 25 dekabrda matbuotga yanvar oyining o‘rtalarigacha O‘zbekiston –Qirg‘iziston chegarasidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirig‘i berilganini bildirdi.

Unga ko‘ra, bunday topshiriq prezident Almazbek Atambaevning 24 dekabrda Samarqandga qilgan tashrifi ortidan qabul qilindi.

-Chegaralarni delimitatsiyalash va demarkatsiyalash bo‘yicha tegishli davlat organlari bu masala ustida ishlash to‘g‘risida ko‘rsatma oldi. 2017 yilning yanvar oyi o‘rtasigacha tomonlar chegarani aniqlash bo‘yicha bir qator so‘zlashuvlarni o‘tkazadilar, -dedi Sapar Isaqov.

Avgust oyidan to shu kungacha chegarani aniqlash bo‘yicha o‘zbek-qirg‘iz hukumatlararo komissiyasi 5 marta uchrashgan. Sapar Isaqov mazkur uchrashuvlar paytida chegaraning 70 foizi bayon etilganini ma’lum qildi.

Isaqovning aytishicha,prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Almazbek Atambaev uchrashuvi chog‘ida chegara masalasi muhokama etildi. Prezidentlar uchrashuvi paytida Shavkat Mirziyoev ikki qo‘shni halq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratgan.

-Biz qo‘shnimiz. Bizda “Mozorimiz ham, bozorimiz ham bir”, deb bekorga aytmagan. Mana shuning uchun biz nima qilsak ham, odamlarimiz do‘stlashishiga xizmat qilishimiz kerak. So‘nggi uch oy ichida qilingan ishlar munosabtlarimiz davom etishi uchun poydevor bo‘ldi, -dedi Mirziyoev.

Bunga javoban Almazbek Atambaev O‘zbekiston va Qirg‘iziston bundan buyon iqtisodiy hamkorlikka katta e’tibor qaratishi lozimlgini ta’kidlab: "Biz xalqlarimiz chegara borligini his qilmasligi uchun hamma narsani qilishimiz kerak", deb aytdi.

Мирзиёев ва Атамбаевнинг Самарқанддаги учрашуви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:22 0:00

1378 kilometrli o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 320 kilometri 20 yildan beri aniqlanmasdan qolayotgan edi. Mazkur hududda 50dan ortiq bahsli hudud mavjud.

Sapar Isaqovning bildirishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha Bishkek pozitsiyasini qo‘llab –quvvatladi. Atambaev O‘zbekistonga safar qilishidan oldin Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron temir yo‘li qurilishi Samarqandda o‘tadigan muzokaralarning bosh mavzusi bo‘lishini bildirgan.

Uzoq yillardan beri rejalashtirilib kelinayotgan mazkur loyiha amalga oshirilsa, Markaziy Osiyo davlatlari temir yo‘l orqali dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qirg‘iz tomoni tarqatgan ma’lumotga qaraganda, temir yo‘lning yuk tashish imkoniyati yiliga 15-20 million tonnani tashkil qiladi.

Avvalgi yillarda temir yo‘lni loyihalash ishlari rasmiy Toshkent va Bishkek o‘zaro kelisha olmayotgani sababli ortga surilib kelingani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG