Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:52

Rossiya muftiyoti Alisher Usmonovni orden bilan taqdirladi


Milliarder va metsenat Alisher Usmonov.
Milliarder va metsenat Alisher Usmonov.

Rossiya muftiysi shayx Ravilь Gaynutdin 21 dekabrь kuni USM-Holdings asoschisi, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovga I darajali “Al-Faxr” ordenini topshirdi. Mazkur orden Rossiya muftiylar kengashining oliy mukofoti bo‘lib hisoblanadi.

Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, “Al-Faxr” nishonini Rossiya muftiysi Moskva jome’ masjidida Alisher Usmonov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida taqdim qilgan.

Usmonov bu mukofotga Rossiyada islomiy uyg‘onishga qo‘shgan ulkan hissasi, Islom ummatining diniy-axloqiy va madaniy qadriyatlarini mustahkamlashga, turli millat vakillari orasida do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni qo‘llagani uchun munosib topilgani aytilmoqda.

- Biz dindosh birodarlarimizning biznesdagi yutuqlarini iftixor bilan kuzatayapmiz hamda ularga muvaffaqiyat va ravnaq yor bo‘lishi tilab, duo qilamiz. Biz Rossiya musulmon ellaridagi ruhoniy uyg‘onish masalalari va Rossiya musulmon hamjamiyati taraqqiysiga oid muammolar sizga yaqin va tushunarli ekaniga aminmiz, - dedi shayx Ravil Gaynutdin.

O‘z navbatida, Alisher Usmonov bu yuksak mukofot uchun Rossiya muftiysiga tashakkur izhor qildi.

- Men muftiy shayx Ravil Gaynutdin hazratlariga faoliyatimga bergan yuksak bahosi uchun, yuksak mukofot uchun minnatdorchilik bildirishni istardim. Ko‘ngil xotirjamligini his qilishi uchun inson o‘z dinida bo‘lishi, dindoshlariga yaqin bo‘lishi kerak, deb hisoblayman.

Men musulmonman va musulmon o‘g‘liman. Yaqinlar uchun, dindoshlar uchun savob amallarni qilish, odamlarga yaxshilik qilish va buning uchun ulardan hech qanaqa ajr kutmaslik, mening nazarimda, hayotning eng asosiy mazmun-mohiyatidir, - dedi Alisher Usmonov.

Rossiya davlatmandlari orasida 3-o‘rinni egallagan Usmonov, Forbes jurnali ma’lumotiga ko‘ra, hozirda 12,5 milliard dollarlik sarmoyaga ega.

2011 yildan 2014 yilgacha Rossiyadagi eng boy odam o‘laroq e’tirof etilgan, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Rossiyada xayriya ishlari uchun avval ham ko‘p marotaba taqdirlangan.

Xususan, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning joriy yil 11 iyundagi farmoni bilan “Za blagodeyanie” nishoni bilan mukofotlangan. Farmonda aytilishicha, milliarder “Xayriya ishlari va jamoatchilik faoliyatiga qo‘shgan katta hissasi va uchun” taqdirlangan.

Alisher Usmonov Rossiya futbol uyushmasiga yordam sifatida 300 million rublь, joriy yilning fevral oyida murabbiy Fabio Kapelloning yetti oylik maoshini to‘lash uchun 400 million rubl ajratgan. Shuningdek, u 2015 yilning 17 iyun kuni amerikalik genetika olimi Jeyms Uotsonga uning Nobel medalini qaytargani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Alisher Usmonov va u boshqarayotgan “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi 2015 yili Rossiyaning “Yil homiysi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Peterburgda bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro madaniy forumning maxsus komissiyasi Alisher Usmonovning Rossiya madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlaganini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG