Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:32

Politsiya Berlin bozoridagi yuk mashinasi voqeasini "terrorizm"ga bog‘ladi (VIDEO)


Юк машинаси Берлиндаги бозорга юриши натижасида 9 киши ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:04 0:00

Yuk mashinasi Berlindagi bozorga yurishi natijasida 9 kishi nobud bo‘ldi

Dushanba oqshomida Germaniya poytaxtida yuk mashinasi rojdestvo bozoriga to‘plangan olomon ustiga yurishi natijasida 12 kishi halok bo‘lgan, kamida 50 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Berlin politsiyasi ma’lum qildi.

The Berliner Zeitung gazetasining xabar qilishicha, kecha oqshom yuk mashinasi avtomobil yo‘lidan chiqib, Kayser Vilgelm cherkovi atrofidagi bozor tomon yurgan.

Politsiya e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, bozor yonida bir kishi hibsga olingan.

Politsiya so‘zchisining N24 kanaliga bildirishicha, yuk mashinasida bo‘lgan ikki haydovchidan biri zarbadan o‘lgan, boshqasi hibsga olingan.

Hodisa tasodifiymi yoki qasddan uyushtirilgan hujummi - hozircha ma’lum emas. Biroq tergov jarayoniga yaqin olmon maxfiy xizmat mulozimiga ko‘ra, hodisa terror xuruji o‘laroq tergov qilinmoqda.

Germaniyadagi ayrim axborot vositalari hodisa joyidagi politsiya xodimlari so‘zlariga tayangan holda buni “uyushtirilgan hujum”, deb atagan.

DPA axborot agentligining kuch ishlatar idoralardagi manbasiga tayangan holda xabar qilishicha, hodisada gumonlangan shaxs Germaniyaga Afg‘oniston yoki Pokistondan kelgan muhojir bo‘lishi mumkin.

Polshaning TVN24 telekanali odamlarni bosib ketgan yuk mashinasi Polьsha avtotransport shirkatiga tegishli bo‘lgan. Shirkat xo‘jayini Ariel Zuravski jurnalistlarga bu mashina haydovchisidan yakshanba kuni tushdan beri darak bo‘lmagani, uning uyali telefoni o‘chiq bo‘layotganini aytgan. Germaniya politsiyasi yuk mashinasi olib qochilgan yoki emasligini tekshirmoqda.

Berlindagi noxush hodisa ortidan iyul oyida yuk mashinasi hujumini o‘z boshidan o‘tkazgan Fransiya rasmiylari rojdestvo bozorlari uyushtirilayotgan joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirdilar. Yozda Fransiyaning Nitssa shahrida yuk mashinasi vositasida amalga oshirilgan hujum oqibatida 86 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Oq uy Berlinda yuk mashinasi bilan bog‘liq noxush hodisani muhtamal terror xuruji o‘laroq qoralab chiqdi.

XS
SM
MD
LG