Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:44

Ukrainada ta’lim olayotgan talabalar o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chira olmayotir


Ukrainadagi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universiteti
Ukrainadagi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universiteti

Kievdagi Oleksandr Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universitetida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik bir necha talaba va ularning ota-onalariga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirish haqidagi talabalar arizalariga rad javobini bergan.

2016-2017 o‘quv yili uchun Ukrainadagi talabalar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish haqidagi arizalar vazirlik emas, maxsus Davlat komissiyasi tomonidan yoz mavsumida ko‘rib chiqilganini aytdi.

Vazirlik mulozimi Davlat komissiyasi qarorini Ukrainaga borib ta’lim olayotgan O‘zbekistonlik talabalar sonining oxirgi ikki yil ichida “uch baravargacha” ortgani bilan izohladi.

"10 ming dollar bo‘lmasa, orqaga yo‘l yo‘q"

Ukrainadagi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universitetida ta’lim olayotgan bir necha talaba va ota-onalarning Ozodlikka shikoyat qilishlaricha, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bu o‘quv yilida talabalarga o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirishga izn bermagan.

Oxirgi yillarda Ukrainada iqtisodiy sharoitlar og‘irlashdi. Ham o‘qish, ham ta’lim olishga qiynalgan o‘nlab talabalar O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lib, perevod uchun ariza topshirirdik. Lekin O‘zbekiston (Oliy va o‘rta maxsus) ta’lim vazirligi pochti hammaga rad javobini berdi. Tuzuk-quruq tushuntirish berganlari ham yo‘q,” deydi o‘zbekistonlik talabalardan biri.

Boshqa bir talaba Ukraina sharqidagi nizolar tufayli ko‘pchilik o‘z vatanida davom ettirishni istayotganini aytdi.

Ikkala talabaning iddao qilishicha, o‘qishni ko‘chirish arizalariga rad javobi berilgan esa-da, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidagi noma’lum mutasaddilar 10 ming dollargacha pora evaziga bir necha talabaga O‘zbekitonga qaytishga imkoniyat yaratmoqda.

Noyabr oyining oxirida bir-nechta o‘zbekistonlik student Toshkentdagi vazirlikka 9-10 ming dollardan berib, perevod olib ketdi. Puli yo‘qlar qoldik,” dedi Ozodlikka o‘z ismini oshkor etmaslik sharti bilan gaplashgan talaba.

Biroq O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi mutasaddisi mazkur korruptsiya da’volarni rad etdi.

Shu hafta bir necha o‘zbekistonlik Samarqand va Buxorodan bo‘lgan bolalarning ota-onasi pul topib, O‘zbekistonga o‘qishni perevod qilib ketayapti. Men buncha pulni qaerdan topib berayin? 10 ming dollar bo‘lmasa, orqaga yo‘l yo‘q. Agar imkoniyati bo‘lganda menam berib, perevod qilgan bo‘lardim,” deb yozdi Kievda ta’lim olayotgan talabaning otasi.

Nostrifikatsiya

Ozodlik suhbatlashgan talaba va ota-onalarga ko‘ra, Ukrainadan O‘zbekistonga qaytishga undovchi yana boshqa bir omil - oliygohlari diplomlarining O‘zbekistonda e’tirof etilishidir.

"Ukrainada olingan diplomlarni O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilish kerak. Bu - judayam og‘ir va uzoq davom etadigan ish. Ko‘plar olgan diplomlarini nostrifikatsiya qildirolmay, ishsiz qolib ketadi," deydi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universitetida o‘qiyotgan talabaning otasi.

Vazirlik emas, Davlat komissiyasi

Ukrainalik talabalarga bergan javob
Ukrainalik talabalarga bergan javob

Talabalar va ota-onalarning korruptsiya haqidagi da’volarini O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim mutasaddisi inkor qildi.

Uning aytishicha, xorijda ta’lim olgan talabalarni ko‘chirish masalasini maxsus Davlat komissiyasi zimmasiga yuklatiladi va bu ishga vazirlikning “hech qanday aloqasi yo‘q”.

Vazirlik emas, Davlat komissiyasi perevodlar masalasini hal qiladi. Hamma arizalarning hammasini Davlat komissiyasi ko‘rib chiqadi. Vazirlikdan kimdir pora olgan bo‘lsa, marhamat, tegishli organlarga ariza topshirishsin,” dedi Vazirlik mutasaddisi.

O‘n ming talaba ta’lim oluvchi Kievdagi Bogomolets nomli Milliy Meditsina Universitetida 1300 nafarga yaqin xorijlik, jumladan 100 nafarga o‘zbekistonlik talaba ta’lim oladi.

Talabalardan birining Ozodlikka aytishicha, Ukrainadagi oliygohda ta’lim olayotgan talabalar har o‘quv yilida 3,500 dollar kontrakt puli to‘lashadi.

Xorijlik talabalar yiliga uch yarim ming dollar kontrakt puli berishadi. Yotoqxonada turish yiliga yana 500 dollar turadi. Bu pulni to‘lash ko‘pchilikka og‘irlik qiladi,” dedi u.

Vazirlik mulozimi Davlat komissiyasi qarorini Ukrainaga borib ta’lim olayotgan O‘zbekistonlik talabalar sonining oxirgi ikki yil ichida “uch baravargacha” ortgani bilan izohladi.

XS
SM
MD
LG