Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:45

Moskvada 12 o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik “hizbchilikda” ayblanib hibsga olindi


Shu kunlarda Moskva va Moskva viloyatida FSB o‘tkazgan keng ko‘lamli amaliyotda ushlangan 25 markaziy osiyolik muhojirning 12 nafariga “Hizbu-ut-Tahrir” tashkiloti halqasini tuzish va tashkilot faoliyatida qatnashganlikda ayblov e’lon qilindi. Ushlanganlarning aksariyati O‘zbekiston va Qirg‘iziston vatandoshlari ekanligi aytiladi. Ayblanuvchilrning yaqinlari, Ozodlik bilan suhbatda, ularga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi.

Moskvaning Meshchansk sudi qaroriga binoan hibsga olinganlar Rossiya Jinoyat Kodeksining 205.5 moddasi, 1 va 2 qismi (“Rossiyada faoliyati taqiqlangan, terrorchi tashkilot faoliyatida qatnashganlik") bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

RIA Novosti Meshchansk sudi matbuot kotibi xabariga tayanib, hibsga olingan 12 shaxs familiyasini e’lon etgan. Ro‘yxatda ushlanganlardan ayrimlarining ism-familiyasi, ba’zilarining faqat familiyasi berilgan.

- Sud qarori bo‘yicha kelib chiqishi markaziy osiyolik bo‘lgan Hamid Egamberdiev, Sardorbek Siddiqov, Aziz Xidirbaev, Toktomuratov, Mamayusupov, Isomidinov, Domullojonov, Sattorov, Xadziev,ikki nafar Nodirovlar va Burhoniddiniy taqiqlangan “Hizb-ut-Tahrir” tashkiloti halqasini tuzish va tashkilot faoliyatida qatnashganlikda ayblanmoqda. Ushbu shaxslar 2017 yilning 30 yanvariga qadar hibsda ushlab turiladi, -deb aytdi Yuliya Bocharova.

Oldinroq Rossiya matbuoti FSB va politsiya maxsus kuchlari Moskva mintaqasida bir necha adres bo‘yicha o‘tkazgan amaliyotda jami 25 nafar markaziy osiyolik qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Qo‘lga olinganlarning aksariyati Rossiya vatandoshligini qabul qilgan o‘zbeklar ekanligi aytiladi.

Dastlabki tergov ma’lumotlari bo‘yicha qo‘lga olinganlar "Rossiyada faoliyati taqiqlangan “Hizb-ut-Tahrir” tashkilotni targ‘ib etish bilan shug‘ullangan". Ayblanuvchilar yashagan uylarda tintuv o‘tkazilgan va ulardan "taqiqlangan diniy adabiyot va videmateriallar musodara qilingan".

Moskvaning Shyolkovskiy mavzesidagi kvartiralardan birida FSB xodimlari tomonidan olib borilgan tintuvni Rossiya telekanallari orqali namoyish etdi. Videotasvirda, gumonlangan shaxslar polga to‘shalgan matraslarda kishanlangan holda yotganini ko‘rish mumkin.

Rossiya vatandoshi bo‘lgan Samira Ozodlik bilan suhbatda FSB va politsiya kuchlari oilasi uxlab yotgan paytda kvartiraga bostirib kirib, eri - asli samarqandlik Hamid Egamberdievni kishanlab olib ketganlarini so‘zlab berdi.

- Biz hammamiz - men, erim va 5 yashar o‘g‘im uxlab yotgan edik. Bostirib kirishdi, men kiyinishga zo‘rg‘a ulgurdim. Hammamiz juda qo‘rqdik. Bizni kvartirada 4 soat so‘roq qilishdi va tintuv o‘tkazishdi. Uyimizda “Hizb-ut-Tahrir” ga oid faqat “Krepost musulmanina”, degan bitta kitob bor edi, xolos. Qolgan kitoblar uyimizda FSB bostrib kirgandan so‘ng paydo bo‘ldi. “Krepost musulmanina” kitobini biz taqiq kiritilganiga qadar, bir necha yil oldin masjidda sotib olgan edik. Erimni qo‘lini orqasiga bog‘lab olib ketishdi. Xamidga qo‘yilayotgan ayblovlar – go‘yoki, uning “Islomiy davlat”ga aloqadorligi uydirma, tuhmat gap. Hamid har doim “Islomiy davlat” tashkilotini qattiq qoralab, ularni bandit deb aytib kelgan. Bizni gapimizni hech kim eshitmaydi, faqat terrorizm bahonasida bizga o‘xshagan begunoh musulmonlarni qamashmoqda, dedi Samira.

Hibsga olinganlar orasida andijonlik Sardorbek Siddiqov ham bor. Sardorbek Rossiya hukumatining musulmonlarga nisbatan siyosatini tanqid qilgani uchun 2,5 yil qamoqda o‘tirib, 2016 yilning may oyida ozod etilgandi.

Moskvalik huquq faoli Bahrom Hamroevning fikricha “Hizbut Tahrir”ga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olinganlarning ko‘pchiligi, tashkilotga aloqasi bo‘lmagan oddiy mehnat muhojirlaridan iborat.

- Men hibsga olinganlarning aksariyatini yaqindan taniyman. Ular qo‘rilish va bozorlarda ishlaydigan oddiy muhojirlar. Ko‘plari sudda “Hizbut Tahrir”ga biror aloqasi yo‘qligini aytishdi. Odatda “Hizb ut- Tahrir” a’zosi, tashkilotga aloqadorligini rad etmaydi. Rossiya hukumati har gal yil oxirlashi bilan “Hizb ut-Tahrir” ga aloqadorligda gumon qilib, an’ana bo‘yicha oddiy muhojirlarni qamaydi. Hokimiyatning bunday siyosati musulmonlar ta’sirini zaiflashtirishga qaratilgan. Bunday siyosat jamiatda musulmonlar noroziligini kuchaytiradi, deydi Bahrom Hamroev.

Bundan bir oy oldin Sankt-Peterburgda “Hizbut Tahrir” ga aloqadorlikda gumon etilib, markaziy osiyolik va dog‘istonliklar - 6 kishi hibsga olingandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kechagi chiqishida Rossiya Federal Xafsizlik Xizmati (FSB) xodimlarini mamlakat xafsizligi yo‘lida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarini a’lo darajada bajarishini yuqori baholadi. Vladimir Putinga ko‘ra FSB 2016 yilning oxirgi 10 oyida 30-dan ortiq terroristik yo‘nalishdagi jinoyatni bartaraf etgan.

XS
SM
MD
LG