Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:56

“Bunyodkor” bosh murabbiyi komaga tushib qoldi


“Bunyodkor” (Toshkent) futbol klubining bosh murabbiyi Sergey Lushchan 2016 yil 7 dekabr kuni soat taxminan 14.00-14.30 larda hushidan ketgan va poytaxtdagi Respublika Shoshilinch tibbiy markaziga (sobiq 16-shahar kasalxonasiga) olib ketilgan. Komaga tushishdan oldin murabbiy klubdagi o‘z kabinetida bo‘lgan.

“Sergey Ivanovich o‘z kabinetida hushidan ketdi va stol ustiga quladi”, - dedi klub xodimlaridan biri. Uning aytishicha, bu holat Lushchan bilan ikkinchi marta sodir bo‘lgan. “O‘tgan haftada ham Sergey Ivanovich hushidan ketib, kasalxonaga olib ketilgandi. O‘shanda vrachlar, murabbiyning miyasida xavfsiz o‘simta borligi haqida ilk tashhis qo‘yishgan edi”, - dedi “Bunyodkor” FK xodimi.

Uning aytishicha, Sergey Lushchan hozir ham kasalxonada. “Achinarlisi shunda-ki, u haligacha o‘ziga kelmagan”, - dedi klub xodimi.

43 yoshli Sergey Lushchan murabbiylik faoliyatini “Bunyodkor” klubi akademiyasidan boshlagan. 2011-2013 yilda u klubning yoshlar jamoasi va “Bunyodkor-2” jamoasiga murabbiylik qilgan. 2014 yilda 19 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib ishladi. Shu yilning iyunь oyidan boshlab to bugungacha “Bunyodkor” jamoasining bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

XS
SM
MD
LG