Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:50

Mirziyoevga takliflar: “Rossiyadagi muhojirlik huquqlarimizni himoya qiling!”


Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning bugungi hayoti haqida gapirgan andijonlik Jahongir yangi saylangan prezident Shavkat Mirziyoevga ko‘p millionli mehnat muhojirlarining haq-huquqlari qonuniy himoya qilinishiga oid Rossiya hukumati bilan shartnoma tuzishni taklif qilmoqda. Jahongirning aytishicha, agar ularning Rossiyada patent olishga ketadigan xarajatlari ozaytirilsa, O‘zbekistonga mehnat muhojirlari yuborayotgan pul oqimi ham ko‘paygan bo‘lardi.

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashaydigan 25 yashar Jahongir 7 yildan buyon Rossiyaga qatnab, ishlaydi.

U Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining ahvoli qo‘shni qirg‘izistonlik, tojikistonlik muhojirlarga nisbatan yomonroq ekanligini aytadi.

Jahongirning Mirziyoevga takliflari bunday:

“Biz ham Rossiyada qirg‘izlar kabi patentsiz ishlay olish huquqiga ega bo‘laylik. Chunki topgan pulimizning yarmi patent olishga va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishga ketyapti".

"Biz, mehnat muhojirlarining huquqlari to‘la himoya qilinishiga erishing. Biz ham tibbiy xizmatdan foydalanish, normal sharoitlarda yashash va ishlash huquqlariga ega bo‘laylik”.

“Agar bizning huquqlarimiz davlatlararo shartnomalar orqali himoya qilinsa, biz O‘zbekistonimizga hozirgidan ikki baravar ko‘p pul olib kirgan bo‘lar edik”.

Jahongirning takliflari to‘la versiyasini quyida tinglang:

Андижонлик меҳнат муҳожири Жаҳонгир билан суҳбат:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG