Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:03

Rossiya va Suriya Halabni qayta qo‘lga olish amaliyotini to‘xtatmoqchi emas


7 dekabr kuni Rossiya hamda Suriya etakchilari g‘arb mamlakatlarining o‘t ochishni to‘xtatish iltimosini rad etib, Halabni qayta qo‘lga olish amaliyoti davom etishini bildirdi. Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat kuchlari shaharni butunlay qo‘lga olish arafasida ekanligini aytdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, noyabrь oyining o‘rtasidan beri isyonchilar o‘z boshqaruvidagi hududlarning 75-80 foizini qo‘ldan boy bergan. Halabni qayta qo‘lga olish Asad uchun uzoq yillardan beri davom etayotgan isyonni to‘xtatish sari tashlangan eng katta qadam bo‘ladi.

Asad “Al-Vatan” gazetasiga bergan intervyusida “Halab butun Suriyadagi jang yo‘nalishini o‘zgartirib yuboradi”, dedi.

“Bu Suriyadagi urushning yakuni bo‘lmaydi. Ammo bu shu yo‘nalishda tashlangan katta qadam bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi prezident.

Asad ayni damda o‘t ochishni to‘xtatish imkonsiz ekanliginini aytdi. “Amerikaliklar otashkesim talab qilishga chorlamoqda, chunki ularning terrorchi agentlari og‘ir ahvolga tushib qolgan”, dedi prezident.

7 dekabr kuni isyonchi guruhlar hamda g‘arb mamlakatlari yana bir bor otashkesim o‘rnatishga chaqirdi. Ammo Damashq va Moskva otashkesim haqida muhokama boshlash uchun avval isyonchilar shaharni tark etishi kerakligini ta’kidlamoqda.

“Butun Suriyani ozod qilish qarori qabul olingan va Halab bu rejaning bir bo‘lagidir”, dedi Asad. Suriya prezident Rossiya bilan amaliyotni davom ettirish qarorini muhokama qilganini aytdi va “har ikki mamlakat o‘rtasida kun sayin muhokama o‘tkazmay birorta ham qaror chiqarilmaydi”, dedi.

XS
SM
MD
LG