Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:35

Olti qudratli davlat Aleppoda zudlik bilan sulh tuzishni talab qildi


Dunyoning olti yetakchi davlati rahbarlari Suriyaning Aleppo shahrida o‘t ochishni darhol to‘xtatishni talab qilib, Rossiya va Eronni Bashar Asad rejimini qo‘llab quvvatlashda aybladi.

Germmaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Italiya va Kanada davlat rahbarlarining chorshanba kuni Berlinda qilgan bayonotida Alepponing sharqiy qismi uchun shoshilinch tarzda gumanitar yordam kerakligi aytilgan.

Ular Suriya hukumatidan Aleppo shahri uchun BMTning to‘rt bosqichdan iborat insonparvarlik yordami berilishiga rozilik berishga chaqirdi va buning uchun Rossiya va Erondan Asadga ta’sir o‘tkazishni so‘radi.

Chorshanba kuni suriyalik isyonchilar zudlik bilan besh kunlik sulh tuzilishini, vatandoshlar va yaradorlarni evakuatsiya qilishni so‘ragan edi.

Suriyaning milliy yarashuv bo‘yicha vaziri Ali Haydar, hukumat kuchlarining Aleppodagi harakatlarini "strategik g‘alaba" deb atadi.

So‘nggi o‘n kunda hukumat kuchlari isyonchilarni Rossiya aviatsiyasi yordamida sharqiy Aleppo hududining 75 foizidan siqib chiqargani xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG