Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:50

2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi


Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev

O‘zbekistonda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilindi. Bu haqda yangi saylangan prezident Shavkat Mirziyoev 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjmumanlar saroyida o‘tkazilgan yig‘inda e’lon qildi.

Ozodlik mobil muxbirining ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyiga boruvchi yo‘llar berkitilgan.

O‘zbekiston saylangan prezidentining taklifini yig‘in ishtirokchilari – davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari hamda xorijiy diplomatlar tomonidan davomli va gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekistonda yilga nom berish an’anasi 1990 yillan boshidan beri davom etib keladi.

Yillarga nom berish marhum prezident Islom Karimov tomonidan o‘ylab topilgan.

O‘zbekistonda 2016 yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili" deb e’lon qilingandi.

O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimov yillarga junday shunday nomlarni berib chiqqan edi:

2016 yil — Sog‘lom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e’zozlash yili
2014 yil — Sog‘lom bola yili
2013 yil — Obod turmush yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoshlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili
2004 yil — Mehr va muruvvat yili
2003 yil — Obod mahalla yili
2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001 yil — Onalar va bolalar yili
2000 yil — Sog‘lom avlod yili
1999 yil — Ayollar yili
1998 yil — Oila yili
1997 yil — Inson manfaatlari yili

Islom Karimovning Konstitutsiya kuni arafasida bo‘lajak yilga nom berish an’anasi aftidan Shavkat Mirziyoev davrida ham davom etadigan ko‘rinadi.

Toshkentdan iqtisodchi Jahongir Shosalimov Ozodlik bilan suhbatda hukumat bilan o‘zbek xalqi hali tayyor emasligini aytdi.

Suhbatni tinglang.

Жаҳонгир Шосалимов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:10 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG