Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:09

Mirziyoevni birinchi bo‘lib Tojikiston prezidenti tabrikladi. Ketmonov ham


Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoevni saylovda erishgan g‘alabasi bilan birinchi bo‘lib tabrikladi.

Tojikiston prezidenti rasmiy saytida e’lon qilingan tabrik telegrammasida Imomali Rahmon Mirziyoevni “saylovda ishonchli g‘alaba qozongani” bilan qutlagan.

Rahmonning fikricha, Mirziyoevning “bu yuksak va shu bilan birga o‘ta mas’uliyatli lavozimga saylanishi xalqning uni keng qo‘llab-quvvatlayotgani ifodasidir”.

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov ham Shavkat Mirziyoevni g‘alaba bilan tabrikladi.

Bu haqda xabar qilgan mahalliy nashrlarga ko‘ra, 3,73 foiz yoki 669,18 ming ovoz to‘plagan to‘plagan Xatamjon Ketmonov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda partiya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan saylov yakunlarini tan olishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov ochiqlik va demokratiya tamoyillari asosida bo‘lib o‘tdi. O‘zXDPning saylovdagi ishtiroki partiya uchun kelgusida faoliyatida muhim va mas’uliyatli bosqich bo‘ldi, dedi Xatamjon Ketmonov.

O‘zXDP rahbari mamlakat yangi Prezidentiga mamlakat tinchligi va taraqqiyotini ta’minlashdagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Xatamjon Ketmonov, shuningdek, unga ovoz bergan saylovchilarga va partiya tarafdorlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG