Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:18

Andijonlik saylovchi: Mening o‘rnimga kimdir ovoz beribdi!


Ozodlikka yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylov qoidalari buzilgani haqida ketma-ket xabarlar kelmoqda. Jumladan, andijonlik, samarqandlik tinglovchilar o‘z saylov uchastkalarida saylov qoidalari qo‘pol ravishda buzilganini aytmoqdalar. Ularga ko‘ra, saylov qoidalarining buzilishiga aynan saylov uchastkasi mulozimlari yo‘l qo‘ymoqda.

"Meni va onamning o‘rniga kimdir ovoz beribdi"

Andijon viloti Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahrida istiqomat qiladigan Shohista ismi saylovchi saylov uchastkasiga chiqib, uning o‘rniga kimdir ovoz berganidan hayron qolganini Ozodlikka aytdi:

"Bugun ertalab akam chiqib saylab keldi. Keyin soat 12larda men chiqdim. Ammo mahalla kotibi menga "sizning oilangiz uchun saylab qo‘yibmiz, lekin kirib chiqishingiz mumkin", dedi. Kirsam o‘rnimga saylab bo‘lishgan ekan, men saylaganim yo‘q hali, endi keldim, men qayta saylayman desam, ruxsat berishmadi. Ayamni o‘rnidan ham kimdir ovoz berib qo‘ygan ekan", dedi qorasuvlik Shohista.

Қорасувлик Шоҳиста билан суҳбат:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:06 0:00
Бевосита линк

“Men ovoz bergan uchastkada oilaviy ovoz berishga yo‘l qo‘yishganini ko‘rdim”

Bu gapni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida yashovchi saylovchi aytdi. Albatta, undan qoidabuzarlik aynan qaysi saylov uchastkasida sodir bo‘lganini so‘radik.

“Мен овоз берган участкада оилавий овоз беришга йўл қўйишганини кўрдим”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:00 0:00
Бевосита линк

"Oilaviy ovoz berish holatidan 4 tasiga guvoh bo‘ldim"...

Samarqandlik saylovchi, shuningdek, bepul ekani e’lon qilingan jamoat transportlari juda kamyob bo‘lgani haqida yozdi:

"Bugun saylovda men ham ishtirok etdim. Samarqand shahridagi saylov uchastkalarida o‘tgan safargiday oilaviy bir kishi kelib ovoz berishini 4 joyda kuzatdim", deb yozadi samarqandlik saylovchi.

XS
SM
MD
LG