Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:28

Viktoriya Panfilova: O‘zbekistonliklar o‘zgarishlarni kutyapti


Rossiyaning “Nezavisimaya gazeta” nashri jurnalisti Viktoriya Panfilova.
Rossiyaning “Nezavisimaya gazeta” nashri jurnalisti Viktoriya Panfilova.

O‘zbekistonda prezidentlik saylovlarini kuzatayotgan Rossiyaning “Nezavisimaya gazeta” nashri jurnalisti Viktoriya Panfilova Ozodlik bilan suhbatda o‘zbekistonliklar mamlakatning yangi rahbaridan o‘zgarishlarni umid qilayotganini aytdi.

- Men odamlar bilan gaplashdim. Ular o‘zgarishlarni kutyapti. Ayni paytda ular yangi saylanajak prezident O‘zbekistonni birinchi prezidenti Islom Karimov boshlagan ishni davom ettirishi kerak, degan fikrlarni ham aytishyapti. Shuningdek, o‘rta va kichik biznesga ko‘proq imkonlar ochilishini va mamlakatda shaffolik bo‘lishini kutishyapti, - deydi Panfilova.

4 dekabr kuniga belgilangan saylovlarda O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Shavkat Mirziyoev hamda mamlakatda rasman qayddan o‘tgan yana uch siyosiy partiyadan nomzod qatnashyapti.

Nomzodlarning barchasi joriy hukumat siyosatini ma’qulovchilardir.

Bir kun avval Ozodlik O‘zbekistonda barcha partiyadan faollar Shavkat Mirziyoev targ‘iboti bilan shug‘ullanayotgani haqda xabar bergan edi.

Viktoriya Panfilova o‘z kuzatishlari asosida shak-shubxasiz Shavkat Mirziyoev saylovda g‘olib chiqajagini aytdi.

- Mirziyoev g‘olib chiqishi kutilyapti. Xatto kimdir nomzodlardan biri Mirziyoevga ovoz berganini ham aytdi. Odamlar Mirziyoevga ishonishyapti. Chunki u 2003 yildan beri bosh vazir sifatida mamlakat iqtisodini qo‘lida ushlab turyapti. Menimcha saylovning ikkinchi davrasi bo‘lmaydi, Mirziyoev g‘olib chiqadi, - dedi Panfilova.

Yakshanba kungi saylovlar prezident Islom Karimovning kutilmagan vafoti ortidan chaqirilmoqda.

Prezident Karimov shu yilning 2 sentabr kuni 78 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etgandi.

XS
SM
MD
LG