Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:44

Saylov kuni O‘zbekiston o‘z chegarasini qirg‘izistonliklar uchun yopdi


O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasining O‘sh shahri chetidagi Do‘stlik nazorat-o‘tkazish maskani
O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasining O‘sh shahri chetidagi Do‘stlik nazorat-o‘tkazish maskani

So‘nggi bir necha kundan buyon mahalliy matbuotda O‘zbekiston chegarasi yopilmasligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumot qisman yolg‘on bo‘lib chiqdi. O‘zbekiston matbuoti, rasmiylarga tayangan holda, prezident saylovi kuni O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan chegarasi yopilmasligi to‘g‘risida habar tarqatgandi. Bugun Ozodlik muxbiri O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasining O‘sh shahri chetidagi Do‘stlik nazorat-o‘tkazish maskaniga bordi va chegaradan qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga o‘tkazilmayotganiga guvoh bo‘ldi.

Ozodlik muxbiri Do‘stlikka O‘zbekiston vaqti bilan soat o‘n birlarda bordi. Odatda bu vaqtda chegaradan o‘tish uchun bir necha o‘n odam navbat kutayotgan bo‘lar edi.

Bugun esa chegaradan o‘tishni istaganlar deyarli yo‘q. Chegara yonida bir ayol Qirg‘iziston pasportini ko‘tarib, O‘zbekistonga o‘tmoqchi bo‘lib turdi. Biroq qirg‘iz chegarachisi unga chegara qirg‘izistonliklar uchun chegara bugun yopiqligini aytib ertaga kelishni maslahat berdi.

Qirg‘iz chegarachisining Ozodlik muxbiriga aytishicha, 4 dekabr kuni chegara faqat uchinchi davlat fuqarolari va vataniga qaytib ketayotgan o‘zbekistonliklar uchungina ochiq. Qirg‘iziston fuqarolari esa bugun chegaradan o‘tkazilmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, 1, 2, 3 dekabr kunlari qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga o‘tkazilgan.

Xabarlarga qaraganda, 30 noyabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘z faoliyatini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezident saylovi jarayonini yoritish bo‘yicha Elections.uz-2016 press-klubida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov jurnalistlarning O‘zbekistonga 4 dekabr kuni kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi xususidagi mish-mishlar yuzasidan savoliga bunday javob bergan edi:

“Ortiqcha shov-shuvlar uchun hech qanday asos yo‘q. 4 dekabr kuni mamlakatimiz hududida jamoat transportining barcha turlari odatdagi tartibda ishlaydi. O‘zbekistonga kirish va chiqishda ham hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmagan”.

XS
SM
MD
LG