Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:46

Gulnora Karimovaning AQSh muzlatgan pullarini xalqqa qaytarish uchun petitsiya boshlandi


1 dekabr kuni xorijdagi bir guruh o‘zbekistonlik faollar AQSh mahkamasi qarori bilan muzlatilgan 850 million dollarlik mablag‘ni O‘zbekiston boshqaruv elitasidagi korrupsiyaning asl qurboni – o‘zbek xalqiga qaytarish talabi yozilgan petitsiyaga imzo to‘plashga kirishdi.

Bu petitsiya tashkilotchilaridan biri O‘zbekiston-Germaniya forumi rahbari Umida Niyozova Ozodlik bilan suhbatda mazkur harakatdan ko‘zlangan maqsadni izohlab berdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda¸ 2004 yilda mamlakatda iqtisodiy-siyosiy islohotlar talabi bilan “Serquyosh O‘zbekiston” nomli koalitsiya tuzganidan so‘ng hukumat qahriga uchragan o‘zbekistonlik sobiq siyosiy mahbus Sanjar Umarov ham kuni-kecha The Washington Post gazetasida ayni shunday talab bilan maqola e’lon qildi.

O‘z chiqishida Umarov¸ AQSh Adliya vazirligi muzlatib qo‘ygan 850 million dollarlik mablag‘ O‘zbekistonga bu mamlakatda inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha vaziyat yuzasidan qator shartlar bajarilgan taqdirdagina qaytarilishi lozim¸ degan fikrni ilgari surdi.

O‘zbekiston marhum prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnoraga oid ko‘rilgan mazkur mablag‘ telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiya janjali tekshiruvi doirasida muzlatib qo‘yilgan.

Sanjar Umarov fikricha, saylangan prezident Donald Tramp ma’muriyati bu pullarni korrupsiya qurbonlariga qaytarishi kerak, buning uchun Qozog‘istondagi “BOTA” jamg‘armasi kabi xayriya jamg‘armasi tuzilishi mumkin. Umarov¸ qolaversa boshqa o‘zbekistonlik faollarga ko‘ra, agar mablag‘ Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytariladigan bo‘lsa, bu uni mazkur pullarga noqonuniy ega bo‘lib olgan kishilar qo‘liga topshirilishini anglatadi.

AQSh sudi o‘tgan oy boshida Gulnora Karimovaga oid ko‘rilmish muzlatilgan mablag‘lar taqdirini sudsiz kelishib olishlari uchun amerikalik va o‘zbekistonlik advokatlarga berilgan muhlatni 2017 yil yanvarigacha uzaytirgan.

Ozodlik radiosining Vashingtondagi sharhlovchisi Mayk Ekkelga ko‘ra, AQSh hukumati muzlatilgan pullarni O‘zbekistonga qaytarishga moyil. Biroq Vashingtonni “Bu pullarni kim qabul qilib oladi, ularni o‘zlashtirish qanday bo‘ladi, bu pullarning qonuniy o‘zlashtirilishi ustidan kim va qanday nazorat olib boradi?” qabilidagi savollar o‘ylantirmoqda.

XS
SM
MD
LG