Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:21

Brennan Eron bilan erishilgan kelishuvdan voz kechish va Rossiya “va’dalariga” ishonish oqibatlari haqida ogohlantirdi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jon Brennan Eron bilan erishilgan kelishuvdan voz kechish hamda Rossiya “va’dalariga” ishonish oqibatlari haqida ogohlantirdi. Brennan AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampni Tehron yadorviy dasturi bo‘yicha erishilgan shartnomani bekor qilish oqibatlari “dahshatli” bo‘lishi hamda bunday qilish “ahmoqlik” bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Rasmiy 30 noyabr kuni “Bi-Bi-Si”ga bergan intervyusida “Menimcha bunday qilish chindan dahshatli oqiblatlarga olib keladi”, dedi.

Yanvar oyida Eron va dunyoning qudratli davlatlari o‘rtasida uzoq yillar davom etgan muzokaralar ortidan Tehronga qarshi xalqaro sanksiyalar bekor qilingan, evaziga Eron o‘z yadroviy dasturini qisqartirish majburiyatini zimmasiga olgan edi.

Ammo Tramp o‘z saylov kampaniyasi davomida Tehron bilan erishilgan kelishuv faqat Eron foydasini ko‘zlovchi “dahshatli” shartnoma ekanligini ta’kidlab, saylovda g‘olib qozonsa, uni “yirtib tashlashini” ta’kidlagan.

Shunday bo‘lsa-da, bo‘lajak prezident BMT rezolyutsiyasida yozilgan kelishuvni bekor qilish qiyin bo‘lishini tan oldi.

“Bi-Bi-Si” bilan suhbatda Brennan kelishuvdan voz kechilsa, Eronda radikallar kuchayishi hamda Eron ketidan boshqa davlatlar ham yadroviy qurol ishlab chiqarishga harakat qilishi mumkinligini ta’kidladi.

“O‘ylanmanki, keyingi ma’muriyat kelishuvni yirtib tashlasa, bu ahmoqlik bo‘ladi”.

MRB direktori yana Tramp va yangi ma’muriyatni Rossiya “va’dalariga” ehtiyotlik bilan qarashga chaqirib, Suriyadagi qiyinchiliklar uchun Moskvani aybladi. Brennan Suriya kelajagi kaliti prezidenti Bashar al-Assadning yaqin hamkori bo‘lmish Rossiya qo‘lida ekanligini ta’kidladi.

Ammo direktori “Rossiya urush maydonida iloji boricha ko‘proq muvaffaqiyatga erishmagunicha ular bilan kelishuvga erishish qiyin bo‘lishini” qo‘shimcha qldi.

Brennan yana Vashington hukumat kuchlariga qarshi kurashayotgan mo‘tadil isyonchilarni qo‘llashda davom etishi kerakligini ta’kidladi.

Tramp o‘z saylov kampaniyasi davomida Moskva bilan bir necha masala bo‘yicha, jumladan, “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytgan edi.

MRBga to‘rt yil yetakchilik qilgan Brennan yanvar oyida lavozimidan tushadi.

XS
SM
MD
LG