Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:51

Tojikiston va Qirg‘iziston chegaradagi otishma sababini o‘rganmoqda


Tojikiston Chegara qo‘shinlari qo‘shni Qirg‘iziston orasidagi baxsli hududga o‘tib havoga ogohlantiruv o‘qi uzgani haqidagi rasmiy Bishkek iddaosini rad qilib chiqdi.

Tojikiston Chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jaev Ozodlik bilan suhbatda bu hodisa 28 noyabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatiga yaqin hududda ro‘y berganini aytdi.

–Tojikiston chegarachilari o‘z hududida turib Qirg‘iziston chegarachilarining o‘z hududida avtomashinani to‘xtatgani va ular orasida tushunarsiz sababga ko‘ra o‘zaro janjal chiqqani, keyin mashina Qirg‘iziston ichkarisiga kirib g‘oyib bo‘lganini payqashgan. Shu mamlakat chegarachilari 16 marta o‘q uzishdi,- dedi Ulug‘xojaev.

Tojiksiton rasmiysiga ko‘ra, bunga javoban tojik chegarachilari uch marta havoga o‘q uzishgan.

- Hozir chegarada vaziyat barqarorlashgan, - dedi Muhammad Ulug‘xo‘jaev.

Tojikiston tomoniga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan. Har bir tomon mazkur xolatni mustaqil o‘rganmoqda.

Bundan avval Qirg‘iziston Davlat chegara qo‘shinlari tojikistonlik chegarachilar 28 noyabr kuni Botken viloyatining Ming o‘rik qishlog‘i yaqinidagi baxsli hududga kirib osmonga qarata o‘q uza boshlagani haqda bayonot bergandi.

Qirg‘iziston Chegara qo‘shinlari matbuot vakili Gulmira Boboqulova bunga javoban qirg‘izistonlik chegarachilar ham o‘q uzganini aytdi.

Tojikiston va Qirg‘izistonni 976 kilometr uzunlikdagi chegara ajratib turadi.

Shuning yarmi hozirga qadar aniqlanmagan va orada baxsli hududlar bor.

Hozirga qadar chegarani faqatgina 567 kilometri belgilangan.

Birgina Isfara tumanida o‘nlab baxsli hududlar mavjud bo‘lib, ularni ayrimlarida chegaralarni yopilishiga va yo‘llarni to‘sib qo‘yilishiga olib keladigan mojorolar yuzaga kelib turadi.

XS
SM
MD
LG