Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:09

Yekaterinburgda 2 o‘zbekistonlik 17- qavatdan qulab tushdi


Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi qurilishlardan birida osma kajava tushib ketishi oqibatida 2 o‘zbekistonlik quruvchi nobud bo‘ldi. Rossiya Tergov qo‘mitasi Sverdlov viloyat boshqarmasi mehnat muhojirlari o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi.

Rossiya tergov qumitasining Sverdlov viloyat boshqarmasi hamda Yekaterinburg politsiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, falokat 28 noyabr tongida yuz bergan. O‘zbekistonlik ikki quruvchi 25 qavatli uyning 17 qavatida bo‘lgan osma kajavaning qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

32 va 38 yashar bo‘lgan muhojirlarning shaxsi aniqlangan. Rossiya huquq- tartibot organlari marhumlarning ismini hozircha ochiqlagani yo‘q.

Sverdlov viloyati Tergov qumitasiga ko‘ra hozida politsiya va tergov qo‘mitasi xodimlari hodisa joyida tekshiruv ishlarini boshlagan.

Huquq-tartibot organlari halok bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojirlar jasadi va ularning o‘limiga sabab bo‘lgan tafsilotlarini tekshirayotgani aytilmoqda.

Ozodlik murojaat qilgan Yekaterinburg ichki ishlar bo‘limi rasmiysi, o‘zbekistonlik muhojirlar o‘limi yuzaidan tergov ishlari boshlangani bois, hozircha ma’lumot berilmasligini bildirdi.

Moskvadagi “Muhojir mehnatkashlar kasaba uyushmasi” eksperti Komiljon Dilmurodovning aytishicha Rossiya qurilish inshootlarida osma kajava qulashi oqibatida o‘zbekistonlik muhojirlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar tez-tez uchrab turadi.

- Afsuski, Rossiya qurilish inshootlarida migrantlarga bog‘liq baxtsiz hodisalar kam emas. Aksar hollarda texnika xafsizlik qoidalariga rioya qilmaslik sababli bo‘ladi. Ishga yollagan ayrim shirkatlar muhojirlarning xafsizlik qoidalariga oid bilimlarini oshirishga jiddiy e’tibor bermaydi. Bundan tashqari mehnat muhojirlarning ham xafsizlik choralariga rioya qilmasliklari baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi, dedi, Komiljon Dilmurodov.

O‘tgan haftada Sankt-Peterburgdagi “Operativnoe prikritie” agentligi, politsiya bo‘limidagi manbasiga tayanib, Peterburg shahri qurilish inshootlarida 1 kunda 2 o‘zbekistonlik mehnat muhojiri halok bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

Xabarda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojirlarning ismlari va ularga bog‘liq boshqa ma’lumot berilmadi.

XS
SM
MD
LG