Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:48

O‘zbekistonliklarning 84 foizi Internetga smartfon orqali kiradi


Joriy oyda O‘zbekistonda o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etganlarning 84 foizi Internetdan smartfon orqali foydalanishi, Internetdan foydalanuvchilar orasida televidenie “eskilik sarqitiga” aylanib borayotgani ma’lum bo‘lgani xabar qilindi.

2016 yilning noyabr oyida Toshkent reklama Assotsiatsiyasi mamlakatdagi eng ommabiy muloqot kanallarini (televidenie, radio va Internet) aniqlash maqsadida O‘zbekiston media bozorida tadqiqot o‘tkazdi, deb xabar qildi uz.infocom.uz sayti.

So‘rovda asosiy qismi 20-45 yosh oralig‘ida bo‘lgan 1700 nafar odam ishtirok etdi. Auditoriyani so‘rovga jalb qilish maqsadida Uznetdagi mavzuli internet-nashrlar hamda Facebook, Yandex, va Mail.ru kabi eng ommabop resurslarning reklama maydonlaridan foydalanildi, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 95 foizidan ortig‘i turli qurilmalardan (smartfon, planshet, noutbuk va kompьyuter) foydalangan holda Internetga kun davomida bir necha marta kiradilar. Foydalanuvchilarining asosiy qismi Internetga kirish uchun mobil gadjetlarni ishlatadilar: respondentlarning 84 foizi Internetdan smartfon orqali foydalansa, 19,3 foizi buning uchun planshetga murojaat qiladi. Desktop qurilmalar orasida esa noutbuk (59,5%) va kompyuterlarning (50,6%) ulushi ancha salmoqli.

Televizion auditoriya bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha: respondentlarning 33 foizi kun davomida faqat bir marta televizor ko‘radilar, 19% televizordan kun mobaynida bir necha soat foydalanadilar, 13,8% qatnashchilar esa umuman televizor ko‘rmas ekan.

Natijalarga ko‘ra, so‘ralganlarning 45 foizi umuman radio tinglamaydi, 14,6 foizi kunda faqat bir marta radioga quloq tutadilar va faqatgina 8% qatnashchilar faol radio tinglovchilar hisoblanadi.

Tadqiqot Ledokol Group digital agentligi, OMD Media Direction reklama agentligi va De Facto marketing agentligi ko‘magida o‘tkazildi.

Material uz.infocom.uz sayti xabari asosida tayyorlandi.

***

Yon-atrofingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga oid xabarlar, foto va videolarni Ozodlikka jo‘nating.

Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz: +420 724 971 539; +420 724 740 755.

Elektron pochtamiz: ozodlikmail@gmail.com

60 yildan ziyod vaqt mobaynida xolis jurnalistika andozalari asosida faoliyat yuritayotgan Ozodlik radiosi, agar istagingiz, shaxsingiz sir qolishini kafolatlaydi.

XS
SM
MD
LG