Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:22

“Mirziyoevdan MXXni korrupsiyadan tozalashni so‘rayman!”


“Prezidentlikka saylanishi kutilaëtgan Shavkat Mirziyoev mamlakatda korrupsiyaga qarshi jiddiy kurash boshlamoqchi bo‘lsa¸ birinchi qadamni o‘zbekistonliklarni qo‘rquv va nazoratda ushlab kelayotgan Milliy xavfsizlik xizmatini isloh qilishdan boshlasin. Davlat va millat xavfsizligini qo‘riqlashi lozim bu tizim eng tepasidan tubiga qadar korrupsiya botqog‘iga botgan va maxsus reydni birinchi o‘rinda MXXning o‘zida o‘tkazish kerak”¸ deydi Ozodlik orqali O‘zbekiston prezidentligiga asosiy nomzod Shavkat Mirziyoevga murojaat qilgan o‘zbekistonlik Maksim.

Yaqinlarining turli darajadagi MXX xizmatchilari ekani¸ o‘zi ham Rossiya universitetini tugatib¸ bu tizimga ishga kirishga uringanini bildirgan suhbatdosh¸ 2007 yilda MXXning viloyat boshqarmasiga ishga kirish uchun o‘zidan 4500 dollar pora so‘ralganini iddao qildi:

- Rayonlardagi ishga kirish uchun o‘shanda ikki qop devzira bersangiz¸ olishardi. Shuning uchun qo‘ychivon ham¸ o‘qigan-o‘qimagan ham MXXga kirib olgan¸ deb iddao qiladi o‘zini MXX ichidagi vaziyatni yaxshi bilishini ta’kidlagan Maksim.

“Men davlat boshqaruvidagi eng toza tizim bo‘lishi kerak¸ deb ishongan bu sistema shunchalik korrupsiyalashib¸ unga savodini imtihon qilsangiz¸ ko‘pchiligi o‘tolmaydigan kattayu kichik poraxo‘rlar o‘rinlashib olganini ko‘rganimdan so‘ng¸ O‘zbekistondan chiqib¸ Rossiya¸ endilikda Yevropada ishlab yuribman”¸ deydi Ozodlikning “Erkin mikrofon”iga bog‘langan Maksim.

To‘liq suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Максим билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:14 0:00
Бевосита линк

Алоқадор

XS
SM
MD
LG