Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:04

KXShT migratsiya oqimini jiddiy nazorat ostiga oladi


MDH doirasidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) noqonuniy mehnat muhojirlariga qarshi kurashni kuchaytirishini bildirdi.

Tashkilotning Astanada o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda, "migratsiya oqimini nazorat qilishga o‘ta jiddiy e’tibor" beriladi deb aytgan Rossiya ichki ishlar vaziri muovini Aleksandr Gorovoy.

Moskva harbiy ta’siri kuchli ushbu tashkilotga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a’zo davlat hisoblanadi.

O‘zbekiston 2012 yilda ushbu tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatdi.

KKXShT noqonuniy mehnat muhojirlariga qarshi kurash bo‘limi rahbari etib tayinlangan Aleksandr Gorovoyga ko‘ra, hozida urush ketayotgan mamlakatlardan (Iroq, Suriya, Afg‘oniston) kelayotgan muhojirlar oqimiga jiddiy e’tibor beriladi.

Uning fikricha, harbiy mojaro kechayotgan mamlakatlardan kelayotgan muhojirlar surati va barmoq izlari olinishi lozim.

Rossiya ichki ishlar vaziri muovinining aytishicha, Suriyadagi ichki nizolardan qaytib kelayotgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Aleksandr Gorovoyga ko‘ra, Suriya va Iroqda 60 ming pasport jangari guruh a’zolari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

- Shu bois, so‘zsiz terroristlar va jangarilarning ushbu o‘g‘irlab ketilgan pasportlarni ishga solishlarini oldindan bashora etish mumkin, dedi Aleksandr Gorovoy.

Ayni vaqtda Ozodlik suhbatlashgan MDH davlatlari instituti direktori muovini, harbiy ekspert Vladimir Jarixinning fikricha, KXShTning migratsiya oqimiga jiddiy e’tibor qaratishi, mintaqada xalqaro terrorizm xatari kuchayotgani bilan bog‘liqdir.

"Mening fikrimcha, hozirgi sharoitda harbiy mojarolar hukm surayotgan mamlakatlardan kelayotgan muhojirlar masalasi bilan harbiy –siyosiy tashkilot bo‘lmish KXShT ham shug‘ullanishi zarur. Chunki harbiy mojaro kechayotgan davlatlardan, urushda qatnashgan shaxslar muhojirlar oqimi bilan MDH hududiga kirib kelishlari mumkin. Mening nazarimda NATO harbiy bloki ham ushbu masala bo‘yicha KXShT bilan hamkorlik qilishi lozim," - dedi Moskvalik harbiy ekspert Vladimir Jarixin.

KXShT ma’lumotiga ko‘ra, 2016 yilda tashkiltga a’zo davlatlar hududiga MDHga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan 70 mingdan ortiq xorijlik kelgan va ularning 7 ming nafari KXShT hududida qolgan.

KXShT tashkilotga a’zo davlatlar hududidaharbiy harbiy mashqlar o‘tkazib turadi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, KXShT tarkibida bo‘lgan kuchlar birorta mintaqaviy nizoda ishtirok etgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG