Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:37

Turkiya O‘zbekiston bilan munosabatlarda "yangi bir sahifa ochishni" istaydi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatining O‘zbekiston bilan aloqalarda “yangi sahifa ochish”ni istayotganini bildirdi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning bu so‘zlari 16 noyabrda Pokiston va so‘ngra O‘zbekistonga safari oldidan Esenbo‘g‘a aeroportida o‘tkazgan matbuot yig‘ini paytida yangradi.

Ozodlik suhbatlashgan turk-o‘zbek aloqalari bo‘yicha mutaxassislarning ishonishicha, prezident Karimov vafoti ortidan Turkiya rahbariyatida "do‘st bo‘lmagan" mamlakat bilan munosabatlarni yaxshilash imkoni paydo bo‘lmoqda.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston yangi rahbari bilan ilk bor uchrashadi.

2014 yil yanvarida Sochidagi qishki olimpiada o‘yinlarining ochilishi chog‘ida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Prezident Karimov bilan qisqa uchrashuv o‘tkazgan edi.

Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini e’tirof etgan ilk mamlakat bo‘lsa-da, ikki mamlakat munosabatlari oxirgi 20 yilda o‘ta aftoda holda edi.

"Kuchli iroda va qat’iyat"

Pokistonga tashrifi ortidan marhum prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilish uchun Samarqandga o‘tishini ma’lum qilgan Turkiya prezidenti u yerda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev bilan muloqot o‘tkazishini aytdi.

"O‘zbekiston bilan alaqolarimizni ikki qardosh o‘lkaga yarashadigan bir saviyaga chiqarishni istaymiz. Bu nuqtada o‘zbek qardoshlarimizda ham kuchli bir iroda va qat’iyat borligini ko‘rayapmiz. Bu ziyoratim chog‘ida O‘zbekiston bilan munosabatlarimizda yangi bir sahifa ochishni istayman," – dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Islom Karimov vafotidan keyin ilk bor O‘zbekistonga borayotgan Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan bo‘lajak muloqotida ikki mamlakat o‘rtasdagi aloqalar bilan bir qatorda “mintaqaviy va xalqaro” sohalarda ham fikr almashishini bildirdi.

Turkiyaning turkiy davlatlar bo‘yicha sobiq vaziri Ahad Andijoniyning ishonishicha, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston bo‘lajak rahbarining Turkiyaga munosabatini bilish uchun Samarqandga bormoqda.

"Bu Karimovning o‘rniga keladigan prezident va yangi hukumatga bog‘liq bir ish. Agar ular masalaga to‘g‘ri yondoshib, aloqalarni mustahkamlashni yaxshi, deb hisoblasa, demakki, aloqalar yaxshilanishi mumkin. Chunki, Turkiya tomonidan qandaydir bir qiyinchilik yo‘q. Turkiya Islom Karimov zamonidayam butun O‘rta Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan siyosat yuritgan. Ammo, Islom Karimovning Turkiyaga qarashi bu siyosatni imkonsiz qilib turgandi," - dedi Ahad Andijoniy.

Kastamona universiteti professori professori O‘rxon Qovunchi fikriga ko‘ra, hozirga kelib, ikki mamlakat aloqalarini yaxshilash yo‘lida to‘siq qolmadi.

"Hozir O‘zbekiston tomonida ham Erdo‘g‘on janoblari bildirgan niyatlar bor deb o‘ylayman. Hozir prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoev ham O‘zbekiston ekonomikasini o‘ylab, ham xalqaro hamjamiyatda joyini ko‘tarish maqsadlarini o‘ylasa, Turkiya bilan aloqalarini yaxshilashtirishi kerak," deydi O‘rxon Qovunchi.

"Abadiy do‘stlik"dan "Do‘st bo‘lmagan mamlakat"ga...

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida 90-yillarning boshlarida abadiy do‘stlik bitimi imzolangan, biroq keyinchalik - Turkiya hukumati o‘zbek muxolifati faollariga o‘z tuprog‘ida boshpana berishi ortidan - ikki mamlakat aloqalari birmuncha sovuqlashdi.

Ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan vizasiz qatnovni O‘zbekiston bir tomonlama bekor qildi.

O‘zbekistondan Turkiyaga oliy ta’lim olish uchun talabalarni guruh-guruh qilib yuborish dasturlari ham to‘xtatildi.

Mamlakatdagi o‘zbek-turk litseylari faoliyatiga 2000-yilga kelib chek qo‘yildi.

O‘zbekiston rasmiylari Turkiya bilan madaniy va ta’lim sohalaridagi aloqalarning sovuqlashib ketganiga biror rasmiy izoh bermaydi.

Turk litseylarida ta’lim olgan ayrim shaxslar O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan mamlakatda noqonuniy deb topilgan "Nurchilar" oqimiga aloqadorlikda ayblanib, turli yilga qamoq jazolariga hukm qilingan.

2011 yilda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik turk shirkati vakillari va rahbarlariga nisbatan ham ayni mazmundagi ayblovlar yangragan edi.

So‘nggi yillarda ikki mamlakat orasidagi aloqalar shunchalar yomonlashdiki, 2011 yilda Turkiya parlamenti O‘zbekistonni "do‘st bo‘lmagan" 5 davlat qatoriga kiritdi.

Biroq kuzatuvchilar Turkiya yuqori prezidentining O‘zbekistonga safarini rasmiy Anqaraning ikki mamlakat o‘rtasidagi sovuqlikni aritishga qaratilgan navbatdagi qadami sifatida baholashmoqda.

XS
SM
MD
LG