Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:51

Bosh vazirdan lift tuzatish¸ telefon almashtirish va qo‘shiqchini sahnaga qaytarish so‘raldi


Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi ish boshlaganidan bir oy o‘tib O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ham virtual qabulxona ish boshladi. Bu qabulxona ham vatandoshlarga hal etilmayotgan masalalar bo‘yicha ariza, shikoyat yoki takliflarni 10 kun ichida va’da qiladi. Ayni paytda “liftni tuzatish”¸ buzilgan “telefonini almashtirish”¸ sevimli ko‘ppakni “Rossiyadan O‘zbekistonga keltirish” uchun ko‘mak so‘rash kabi Bosh vazirdan rutbasi past mulozimlar echishi mumkin bo‘lgan shikoyatlar “Virtual qabulxona” telefonida o‘tirgan mulozimlarni toliqtirgani haqida ham ma’lumotlar bor.

Mazmuni va yechimi ko‘rsatilgan murojaatlarning aksariyatida juda mayda masalalar ko‘tarilganini Mirziyoevning Feysbukdagi "sahifasi"da tanqid qilinadi.

"Agarda joylardagi "ishonch telefonlari" masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etganida, bu kabi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelmagan bo‘lardi!", - deya ta’kidlanadi Mirziyoevning Feysbukdagi "sahifasi"da.

Ayni paytda virtual qabulxonadagi Ozodlik suhbatlashgan mulozimlar¸ o‘zlari tushunmaydigan mayda masalalar bo‘yicha qilingan shikoyatlarni ham tinglab murojaat kod berishganligini aytdi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani turg‘uni Jo‘raev Ilhom virtual qabulxonaga “Futbolchilarga rahbariyatning ruhiy bosimi” haqidagi murojaati yozilgan audioni yubordi.

Мирзиëев қабулхонасидаги телефон суҳбати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:08 0:00
Бевосита линк

Audiodan ayon bo‘lishicha¸ “Ruhiy bosim” degan so‘zni va shikoyat mazmunini Bosh vazir virtual qabulxonasidagi mulozim tushunmagan bo‘lsa ham shikoyatchiga kod berilgan.

Feysbukda joriy yilning 14 sentabridan keyin paydo bo‘lgan "Shavkat Mirziyoev - Shavkat Mirziyoyev" nomli sahifada Bosh vazir nomiga yozilgan mayda-chuyda shikoyatlar va ularning ijrosi haqidagi tilxatlar e’lon qilingan.

Shulardan birida “Bizda lift ishlamaydi¸ shuni tzuatishga ko‘mak bering” deyiladi. Shikoyat yonida esa ariza inobatga olinib¸ lift tuzalgani haqida minnatdorlik maktubi ham qo‘yilgan.

Yana bir arizada esa “Buzilgan qo‘l telefoninini almashtirib” berishga ko‘mak so‘ralgan. Bu ariza yoniga ham orzusi ro‘yobga chiqqan arizago‘y “rahmatnomasi” ilova qilingan.

Bu rahmatnomalar xalq orasida ertak kabi tarqalib “Mirziyoev hamma muammoni hal qilar ekan” degan mif paydo bo‘ldi deydi Toshkentning eski shaharida yashovchi Mo‘tabar Ahmedova:

-Mirziyoev har kuni oddiy sport kiyimi kiyib bozor aylanar ekan¸ kartoshka qimmatligi bois hokimni uribdi¸ degan gaplar urchigan. Men bu gaplarni aytayotganlarga qarab sen o‘z ko‘zing bilan ko‘rdingmi desam yo‘q eshitdim deydi. Hammasi behuda gap¸ deydi suhbatdosh.

O‘zbekiston Bosh vaziriga yo‘llangan yana bir arizani Farg‘ona shahar xotin - qizlari nomidan murojaat qilgan Lola Sobirova o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Yulduz Usmonovaning “ 11 yillik ta’qiqdan keyin sahnaga qaytarilishini” so‘ragan.

“O‘zbegimning yakkayu yolg‘iz primadonnasi,san’atimiz qirolichasi Yulduz Usmonovani sahnaga qaytaring” deyilgan maktub ortiga Lola Sobirovadan tashqari yana o‘nga yaqin aël imzo chekkan.

Ozodlik suhbatlashgan virtual qabulxona mulozimasining aytishicha bu shikoyatga ham kod raqami berilgan:

O‘zbekistonda amalda bo‘lgan qonunchilik asosida farg‘onalik ayollarning Yulduz Usmonova borasidagi Bosh vazirga murojaatlari rasmiy maqomga ega ekanligini ma’lum qilaman¸ dedi ismi aytilishini istamagan mulozima.

O‘zbekistonlik taxlilchi Almardon Annaevning Ozodlikka aytishicha “Mayda –chuyda muammolar bilan Bosh vazirni band qilish zararli bir mashg‘ulot:

-Tizim ishlashi kerak. Minglab muammolarni “ruchnoy” hal qilishga minglab qo‘l kerak. Buni amalda imkoni yo‘q. Tizim ishlashi lozim¸ deydi suhbatdosh.

Annaevning eslatishicha¸ Mirziyoevning virtual qabulxonasi ishga tushguniga qadar nafaqat bosh vazirga, balki davlatning boshqa tashkilotlariga ham elektron murojaatlar yo‘llash imkoninini beruvchi butun boshli alohida internet xizmat - my.gov.uz Yagona portali bir necha yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Mavjud qonunga ko‘ra¸ (2014 yil 4 dekabrь kuni amalga kirgan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun) virtual murojaatlar uchun elektron imzo talab qilingan.

Bu qonunga zid tarzda Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasida elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.

Alimardon Annaevning aytishicha¸ qonun normalarining ishlamayotgani, fuqarolarning oddiy huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari uzoq muddat e’tiborsiz qolgani bois quyi bo‘g‘inlarida hal etiladigan oddiy masalalar Bosh vazirgacha ko‘tarilmoqda.

Ayni paytda Bosh vazir "hal qilayotgan" masalalar odamlarga o‘zgarishlar umidi bermoqda.

Yillar davomida Mirziyoevni tanqid qilib kelgan taniqli huquqbon Yelena Urlaeva virtual qabulxonadan mamnunligini aytib, aholini Mirziyoevga ovoz berishga chaqirgan.

XS
SM
MD
LG