Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:56

Saratovda o‘zbekistonlik muhojir 17 yilga qamaldi


Saratov shahrida 15 yashar o‘smir qizni zo‘rlashda aybdor deb topilgan. O‘zbekiston vatandoshi 17 yillik qamoq jazosiga hukm etildi. Bu haqda Rossiya tergov qumitasining Saratov viloyati boshqarmasi rasmiy sayti xabar tarqatgan. Rasmiy saytda aytilishicha tergov davomida 33 yashar o‘zbekistonlik muhojir o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovga to‘la iqror bo‘lgan.

17 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan O‘zbekiston vatandoshinig ism-sharifi ochiqlanmagan.

O‘zbekiston vatandoshi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 131- moddasi, 3 qismi, (zo‘rlash, balog‘atga yetmagan shaxsni kuch ishlatib zo‘rlash) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Saratov viloyati tergov qumitasiga ko‘ra 2016 yilning 8 iyulida mast holatda bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojir Saratov viloyatining 2-inchi Pugachyov posyolkasidagi turar uylarining birida 15 yashar balog‘atga etmagan o‘smir qiz nomusiga tajavvuz qilgan. Keyinchalik jismoniy kuch ishlatish tazyiqi bilan qizaloqni Saratov viloyati Lenin tumani hududiga olib ketgan va u erda yana o‘smir qiz nomusiga tekkan.

Saratov Tergov qumitasi xulosasiga binoan sodir etilgan jinoyatning latent, ya’ni yashirin xarakterga ega bo‘lganiga qaramasdan, jinoyatni to‘la isbot etuvchi dalilar tergovchilar tomonidan to‘plangan.

Bundan bir necha kun oldin Moskvaning Tushin tuman sudi 33 yashar Qirg‘iziston vatandoshini nogiron ayolni jinsiy zo‘rlashda aybdor deb topdi va muhojirni 13 yillik qamoq jazosiga hukm etdi.

Rossiya huquq-tartibot organlari mamlakatda mehnat muhojirlari sodir etayotgan og‘ir jinoyatlar miqdori qo‘payotganini takidlab keladi.

Yaqinda Moskva politsiya idorasi tarqatgan ma’lumotda Rossiya poytaxtidagi 70 foiz jinsiy zo‘rlash jinoyatlari Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar tomonidan sodir etilishini davo qildi.

O‘z navbatda Rossiya prokuraturasi Moskva politsiya idorasi tarqatgan ushbu raqamlarga shubha bilan qarshini bildirdi.

Moskva hokimi Sergey Sobyanin shu kunlardagi chiqishlarining birida Rossiya poytaxtida mehnat muhojirlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar miqdori o‘tkan yilga qaraganda 17 foizga kamayganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG