Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:45

AQSh prezidenti saylovi: Qarangchi, kim kelayapti?


8 noyabr kuni o‘tayotgan AQShda o‘tayotgan saylovda mamlakat prezidenti lavozimi uchun... kamida 24 nomzod kurashmoqda. Ulardan faqat 1 nafari – Libertarian partiyasi vakili Geri Jonsonning ismi 50 ta shtatning barchasida ovoz berish varaqalarida qayd etilgan.

Nyu-Meksiko shtatining sobiq gubernatori Geri Jonson Libertarian partiyasidan 2012 yilgi prezident saylovida ham prezidentlikka nomzod sifatida qatnashib, saylovchilarning 1 foizininggina ovozini olgani hisobga olinsa, uning va qolgan 23 nomzodning shanslari naqadar cheklanganini tasavvur qilish qiyin emas.

Shuning uchun ikki asosiy nomzod: Demokratlar partiyasidan Hillari Klinton va Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp bilan yaqinroq tanishing.

Hillari Klinton

AQSh sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton Demokratik partiyaning joriy yil iyunida Filadelfiya shtatida bo‘lib o‘tgan qurultoyida Vermont shtatidan senator Berni Sanders ustidan g‘alaba qozonib, prezidentlikka nomzod bo‘ldi.

AQSh eks-prezidenti Bill Klintonning turmush o‘rtog‘i mamlakatdagi asosiy ikki partiyadan biridan ilk bor ko‘rsatilgan ayol nomzoddir.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Klinton o‘rtahol amerikaliklar daromadini oshirishga, oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga, Barak Obama 2012 yili boshlagan sog‘liqni saqlash tizimi islohoti (“Obamakeyr”) ni davom ettirishga va’da berdi.

Hillari Klinton Toshkentda Islom Karimov bilan, 2010 yil, 2 dekabrь
Hillari Klinton Toshkentda Islom Karimov bilan, 2010 yil, 2 dekabrь

Klinton Rossiyaning Ukraina va Suriyadagi harakatlari masalasida murosasiz pozitsiyada. Davlat kotibi sifatida u Suriyada keskinroq harakat qilishga chaqirgan, lekin Obama tomonidan qo‘llov topmagan edi.

Hillari Klinton Barak Obama prezidentligi davrida Demokratik partiyaning birlamchi saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganidan ko‘p o‘tmay – 2009-2013 yillarda Davlat kotibi lavozimida ishladi.

Klinton 1947 yilning 26 oktabrida Chikagoda tug‘ilib o‘sgan, davlat maktablarida yaxshi baholarga o‘qigan, turli to‘garaklarga qatnashgan.

1969 yili Uelsli kollejida bakalavr darajasini, 1973 yili nufuzli Yel universitetida huquqshunoslik doktori darajasini himoya qilgan.

Hillari Klinton Toshkentda TI vaziri Vladimir Norov bilan, 2010 yilning 2 dekabri
Hillari Klinton Toshkentda TI vaziri Vladimir Norov bilan, 2010 yilning 2 dekabri

1975 yili Hillari Bill Klintonga turmushga chiqqan. 1992 yilgacha u Bill Klinton gubernator bo‘lib turgan Arkanzas shtati universitetida huquqshunoslik professori bo‘lib ishlagan.

1992 yili Bill Klinton prezident lavozimiga saylangach, oila Vashingtonga ko‘chib o‘tgan.

Hillari AQShning Birinchi ledisi sifatida juda faol bo‘lgan. 8 yil ichida 79 ta davlatga safar qilgan, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga uringan.

2000 yili, Bill Klintonning prezidentlik muddati oxirida Hillari Nyu-York shtatidan senatorlikka saylangan va 2006 yili qayta saylangan.

Hillari va Bill Klintonlarning bir qizi va ikki nabirasi bor.

O‘zbeklar uchun kimning prezident bo‘lgani ma’qul?

AQSh prezidenti lavozimiga yana bir nomzod, respublikachi Donalьd Trampning tarjimai holiga oid ma’lumotlarga o‘tish oldidan siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatni tinglang.

Kamoliddin Rabbimov
Kamoliddin Rabbimov

Prezidentni amerikaliklar saylayaptiyu lekin butun dunyo bu saylovni diqqat bilan kuzatayapti. Buning sababi nimada?

Hillari Klinton va Donald Tramplarning tarjimai hollaridagi qaysi nuqtalarga e’tibor qaratgan bo‘lardingiz?

O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar uchun bu ikki nomzoddan qay biri saylangani ma’qul?

Kamoliddin Rabbimovga shu savollarni berdik:

К. Раббимов АҚШ президенти лавозимига номзодлар ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:28 0:00
Бевосита линк

Donald Tramp

Nyu-Yorklik tadbirkor va realiti-shou olib boruvchisi Donald Tramp joriy yil yozida Respublikachilar partiyasining birlamchi saylovlarida g‘alaba qozonib, prezidentlikka nomzod bo‘lgani ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.

Betakalluf milliarder Respublikachilarning Klivlend shtatida bo‘lib o‘tgan qurultoyida boshqa 16 nomzoddan o‘zib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va siyosatshunoslar hamda partiya rahbarlarining og‘zini ochib qo‘ydi.

Donalьd Tramp
Donalьd Tramp

Tramp ilgari siyosatga aralashmagan va shuning uchun ham ko‘pchilik uni isteblishmentga qarshi nomzod sifatida qabul qilmoqda. U o‘z hariflarini teledebatlarda hamda tvitterda haqoratomuz tanqid qilib keldi.

Trampning saylovoldi kampaniyasi “Amerikaning avvalgi mahobatini qaytaramiz”, degan shior ostida o‘tdi. U ish joylarini ko‘paytirishga, soliqlarni kamaytirishga va’da berdi. Lekin u bu maqsadlarga qanday etmoqchi ekanligini tushuntirib o‘tirmadi, qarashlarini tez-tez o‘zgartirib turdi.

Tramp “qonun va tartib”ni kuchaytirishni, nolegal immigratsiyaga barham berish uchun AQSh-Meksika chegarasida devor qurishni va’da qildi.

Shuningdek, Tramp terroristlarni aniqlash maqsadida musulmon-immigrantlar uchun “o‘ta qattiq tekshiruvlar” joriy etishga, hatto musulmonlarni, xususan o‘zbekistonliklarni AQShga kiritishni to‘la taqiqlab qo‘yishga va’da berdi. Biroq, keyinroq bu fikridan voz kechdi.

Yoshi 70 ga chiqqan Tramp prezident Barak Obamani kuchsiz rahbar, deb, uning Suriya va dunyoning boshqa qaynoq nuqtalaridagi siyosatini noto‘g‘ri siyosat, deb hisoblaydi.

Nьyu-Yorkdagi "Tramp minorasi".
Nьyu-Yorkdagi "Tramp minorasi".

Ayni paytda Tramp Amerikadan tashqarida nimalar bo‘layotganidan xabarsizligini, xususan, Qrimni Rossiya qurol bilan bosib olganini bilmasligini namoyish qildi.

Tramp Nyu-Yorkda, badavlat developer Fred Trampning oilasida tug‘ilgan. U “Nyu-York harbiy akademiyasi” xususiy maktab-internatida, Bronksdagi Fordem universitetida, Pensilvaniya universitetining Uorton biznes maktabida o‘qigan va iqtisodiyot bakalavri darajasini olgan.

Tramp armiyada xizmat qilmagan. Vyetnam urushi chog‘ida yo talaba, yoki sog‘ligi tufayli urushga bormaslikka izn olgan.

1999 yili, otasi vafotidan so‘ng, Donaldga yirik kompaniya meros qoldi. Trampning korporatsiyasi dunyo bo‘ylab, asosan Nyyu-Yorkda osmono‘par binolar va kazinolar qurgan. Trampning kompaniyalari bir necha bor bankrot, deb e’lon qilingan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, 3–3,7 mlrd. dollar puli bor Tramp The Apprentice (“Shogird”) realiti-teleshousi boshlovchisi sifatida ham tanilgan. 2004 yili boshlangan mazkur teleloyihani “NBC” telekompaniyasi Trampning immigrantlarga nisbatan “haqoratomuz gaplari” uchun yopgan.

Donald Tramp 3 marta uylangan, 5 farzandi va 8 nabirasi bor.

XS
SM
MD
LG