Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:38

Mixail Saakashvili Odessa gubernatorligi lavozimidan iste’fo berdi


Mixail Saakashvili.
Mixail Saakashvili.

Mixail Saakashvili 7 noyabr kuni Odessa oblastь davlat ma’muriyati rahbari lavozimidan iste’foga ketishi haqida baënot berdi.

Qator ukrain telekanallari olib ko‘rsatgan Odessadagi bayonoti davomida Saakashvili elektron deklaratsiya mashmashasi bunday qarorga kelishiga so‘nggi turtki bo‘lganini bildirdi.

"Ochig‘i¸ bularning bari chindan ham jonimga tegdi. Men iste’foga chiqib¸ kurashning yangi davrini boshlashga qaror qildim. Men qo‘l qovushtirib o‘tirmoqchi emasman va kurashdan ham charchamayman. Ular mendan qutulishni xayollariga ham keltirmasinlar. Men qancha kerak bo‘lsa¸ shuncha yuradigan askarman. Men Ukrainani ushbu korrupsiya botqog‘idan chiqaradigan g‘alaba uchun qancha lozim bo‘lsa¸ shuncha kurashaman”¸ dedi jumladan Saakashvili.

М.Саакашвили: Мени ҳаëтимда бунчалик кўп алдашмаган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00
Бевосита линк

- Batumida rivojlanish faqat faqat Tbilisini korrupsionerlardan ozod qilganimizdan keyin boshlanganini eslayman. Odessa ham Kiev korrupsiya va banditizmni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llayotgan korrupsionerlardan ozod qilinsagina¸ rivojlana boshlaydi¸ dedi o‘z chiqishida Saakashvili va prezident Poroshenkoni ham bunday to‘dalarga aloqadorlikda aybladi.

Mahalliy agentliklar xabariga ko‘ra¸ Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Saakashvilini iste’foga chiqarish haqidagi arizaga Odessa ma’muriyati rahbarligidan faqat Vazirlar kabineti tegishli hujjat qabul qilganidan so‘nggina imzo chekadi.

"Bundan oldin uni iste’foga ketishga majburlagan haqiqiy sabablar tahlil qilinadi"¸ dedi Ozodlik muxbiri bog‘langan Poroshenko matbuot xizmati vakili.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra¸ mahalliy davlat ma’muriyati rahbarlari Vazirlar kabineti tavsiyasidan so‘ng prezident tomonidan tayinlanadi.

Gruziyada amalga oshirilgan "Atirgul inqilobi" yakunida prezidentlikka kelgan Mixail Saakashvili bu mamlakatni 2004-2013 yillar davomida boshqardi va Gruziyada amalga oshirgan keskin islohotlari ortidan reformator siësatchi sifatida tanildi.

Ukrainadagi xalq inqilobi ortidan hokimiyatga kelgan Petr Poroshenko 2015 yilda Saakashviliga ukrain vatandoshligini bergan va Odessa mintaqasiga gubernator qilib tayinlagan edi.

Odessa gubernatori sifatidagi faoliyati davomida Saakashvili asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurash ekanini ta’kidladi¸ ayni paytda¸ o‘z islohotlariga jiddiy to‘siq bo‘layotgan yirik korrupsion mulozimlar ro‘yxatida Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakovni tilga olib keldi.

Xususan¸ o‘tgan yilning 14 dekabr kuni Ukraina Milliy kengashi yig‘ilishida Avakov bilan Saakashvili o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, ular bir-birini korruptsiyada ayblagan va janjal davomida Avakov Saakashviliga suv to‘la stakanni otib yuborgan edi.

XS
SM
MD
LG