Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:37

Amerika saylovlari necha pulga tushadi?


Amerikada prezidentlikka saylanish arzon ish emas. Bu galgi saylovlarda nomzodlar bir milliard dollardan ko‘p pul sarflashga ulgurdi.

Hillari Klinton 370 million dollar, demokrat nomzodlar esa jami 600 million dollar mablag‘ to‘pladi.

Donald Tramp saylov kampaniyasiga 165 million dollar, respublikachi nomzodlar hisobiga jami 470 million dollar tushdi.

Bu pullar qanday sarflanadi?

Klinton saylov shtabi xodimlarining maoshi bir oyda 5 million dollardan ko‘p deb baholanmoqda. Klinton siyosiy reklamaga 225 million, Tramp esa atigi 30 million dollar sarfladi.

1789 yil saylov kampaniyasi uchun Jorj Vashington 39 funt 6 shilling, ya’ni bugungi pulga hisoblaganda bir necha ming dollar sarflab, g‘alaba qozongan edi.

Amerika tarixidagi eng qimmat saylov 2012 yilgisi bo‘ldi. Jami 7 milliard dollarga tushgan bu saylovlarda Barak Obama o‘shanda g‘olib bo‘lgan va ikkinchi bor prezident etib saylangan edi..

Shuncha pul qaerdan keladi?

Bu pullarning bir qismini oddiy saylovchilar xayriya qiladi, ayni paytda¸ turli manfaat guruhlaridan ko‘p pul tushadi, siyosiy partiyalarning o‘zlari ham mablag‘ ajratadi.

Saylov xarajatlarining kichik bir qismi soliqlar hisobiga qoplanadi.

XS
SM
MD
LG