Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:41

Plastik kartochkalar yangi Ahmadboylar paydo bo‘lmasligi garovimi?


Chinozlik Ahmadboy Tursunboev o‘zbekistonliklarning millionlab mablag‘ini o‘zlashtirganlikda ayblangan.
Chinozlik Ahmadboy Tursunboev o‘zbekistonliklarning millionlab mablag‘ini o‘zlashtirganlikda ayblangan.

Yangi Ahmadboylar paydo bo‘lmasligi uchun plastik kartochka muammosini hal etish taklif qilinmoqda. “Mikrokreditbank” mansabdori kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani fosh qilindi. 290 ta raqamni 5 daqiqada eslab qolgan o‘zbekistonlik “Noyob qobiliyatli odamlar” safidan joy oldi.

________________________________________________________________

“Plastik kartochka muammosi hal etilmasa, yana ko‘plab Ahmadboylar paydo bo‘ladi”

Plastik kartochka orqali to‘lov amalga oshirish muammosi aksar hududlar, xususan, chekka tumanlarda tez-tez uchramoqda (“Hurriyat”, 26 oktabr). Gazetaga ko‘ra, mazkur muammolarga o‘z vaqtida yechim topish kerak. “Aks holda, bunday muammolar to‘planib-to‘planib, yana bir qancha Ahmadboylarni maydonga chiqaradi. Avval boshida hech kimni “norizo” qilmagan bu odam, ko‘pchilikning katta-katta mablag‘i hisobiga puldan xirmon uygani naqd pul muammosining chuqurlashuviga hissa bo‘lib qo‘shilmadimi?! Hozir ham o‘nlab plastik kartochkalarni yig‘ishtirib olib, yigirma foiz ushlab qolish evaziga naqdlashtirib berayotgan ustomon foizxo‘rlar hamma bozorlarda topiladi”, deb yozadi gazeta.

“Mikrokreditbank” mansabdori kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani fosh qilindi

“Mikrokreditbank”ning Chiroqchi filiali boshqaruvchisi Ma’ruf Pirnazarov juda katta miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirgani fosh etildi (“Huquq”, 27 oktabr). 31 yoshli bank boshqaruvchisi mansabini suiiste’mol qilgan holda o‘ziga tegishli “Uchar lochin” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga to‘yxona binosi va avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasini ta’mirlash bahonasi bilan 300 million so‘m kredit ajratgan. Mazkur mablag‘ning atigi 10 million so‘mga yaqini ta’mirga ishlatilgan, qolgani o‘zlashtirilgan. Hali qarz qaytarilmagan bo‘lsa-da, M.Pirnazarov yana o‘z firmasiga 50 million so‘m kredit ajratgan va uni ham o‘zlashtirgan. Qonunbuzar bank rasmiysi tegishli tartibda jazolangani xabar qilingan.

290 ta raqamni 5 daqiqada eslab qolgan o‘zbekistonlik “Noyob qobiliyatli odamlar” safida

O‘zbekistonlik Husniddin Ismoilov Rossiyaning “Noyob qobiliyatli odamlar” (Udivitelnie lyudi) ko‘rsatuvida ishtirok etib, favqulodda quvvai hofiza egasini ekanini isbotladi (“Darakchi”, 27 oktabr). Xabarga ko‘ra, H.Ismoilov 51 ta aviayo‘lovchining chiptalari ichidan tanlab olingan 5 ta chiptadagi ma’lumotlarni to‘g‘ri topib, ko‘pchilikni hayratga solgan. Bunga qadar u 2015 yilgi Butunjahon xotira chempionatida ishtirok etib, 5 daqiqada 290 ta raqamlar ketma-ketligini eslab qolish orqali Xalqaro xotira sport ustasi unvoniga ega bo‘lgan. Asli andijonlik H.Ismoilov mnemonika texnikasini tinimsiz mashqlar vositasida puxta egallaganini aytgan.

XS
SM
MD
LG