Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:44

Siyosiy mahkum Samandar Qo‘qonovning jazo muddati yana 3 yilu 5 kunga uzaytirildi


Samandar Qo‘qonov Islom Karimov bilan.
Samandar Qo‘qonov Islom Karimov bilan.

Navoiy viloyati, Zarafshon shahar sudi sobiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputati Samandar Qo‘qonovning jazo muddatini yana 3 yilu 5 kunga uzaytirdi.

Sud hukmi haqida O‘zbekiston Jazoni Ijro etish Bosh Boshqarmasi 21 oktabr kuni Samandar Qo‘qonovning ayoli Shohida Qo‘qonovaga maktub orqali ma’lum qildi.

Jazoni Ijro etish Bosh Boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Qodirov imzosi bilan bitilgan maktubda 72 yashar Samandar Qo‘qonovga jazo muddatining uzaytirilishiga uning qamoqxona ichki tartib-qoidalarini “muntazam” buzganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

"Turmush o‘rtog‘ingiz S. Kukanov jazo muddatini o‘tash uchun muassasaga kelgan kunidan boshlab muassasa ichki kun tartibi, uning huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilgan bo‘lishiga qaramasdan jazo muddatini o‘tash davrida muassasada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarni muntazam buzib kelgani uchun 2016 yil 07 oktabr kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 221-moddasi 2 qismi "b" bandi va 60-moddasi bilan 3 yil 5 kunga ozodlikdan mahrum etilgan," deyiladi Shohida Qo‘qonovaga yozilgan maktubda.

Qo‘qonovga chiqarilgan yangi hukm haqida
Qo‘qonovga chiqarilgan yangi hukm haqida

O‘zbekiston Oliy kengashi deputati¸ Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig‘i Samandar Qo‘qonovga berilgan so‘nggi qamoq jazosi 6 oktabr kuni tugagan edi.

Ammo mahkum o‘g‘li Sardor Qo‘qonovning Ozodlikka ma’lum qilishicha, Zarafshon shahar sudi hukmi, qonunga xilof ravishda, Samandar Qo‘qonovga tayinlangan jazo muddati tugashidan bir kun o‘tib uzaytirilgan.

23 yil 4 oydan buyon qamoqda qolayotgan Samandar Qo‘qonov mustaqil O‘zbekiston tarixida panjaralar ortida eng uzoq qolaëtgan siësiy mahkumdir.

Samanar Qo‘qonov (o‘ngda) hofiz Sherali Jo‘raev bilan
Samanar Qo‘qonov (o‘ngda) hofiz Sherali Jo‘raev bilan

Samandar Qo‘qonov 1993 yilning 2 iyul kuni davlatga qarashli katta miqdordagi mol-mulkni talon-tarojlik qilganlik aybi bilan hibsga olingan, MXX yerto‘lasida bir yarim yil saqlanganidan so‘ng¸ 20 yillik qamoqqa hukm etilgandi.

MXX yerto‘lasida o‘tkazgan bir yarim yil qamoq muddatidan chegirilmagandi.

Dastlabki qamoq jazosi tugash arafasida, 2014 yili Samandar Qo‘qonovga yana uch yil qo‘shib berilgan¸ keyin sud uni ikki yilga tushirgandi.

Asli Jizzax viloyatining Forish tumanidan bo‘lgan Samandar Qo‘qonov 1989 yili Shavkat Mirziyoev (hozirda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi va bosh vazir) bilan bir chaqiriqda O‘zbekiston Oliy Kengashi deputatligiga saylangan.

​Uni yaqindan tanigan maslakdoshlari 80-yillar oxirida siësiy maydonda faol ko‘zga tashlangan tadbirkor va deputatning shaxsan Islom Karimov topshirig‘i bilan qamoqqa olingani va shaxsan Karimov topshirig‘i bilan qamoqda shuncha vaqt saqlanganini ta’kidlaydilar.

Samandar Qo‘qonov qamalganida 19 yoshda bo‘lgan kenja o‘g‘li - Sardor bu yil 42 yoshga kirdi.

Sardor Ozodlik bilan suhbatda Jazoni ijro etish Bosh Boshqarmasidan yo‘llangan maktubga munosabat bildirarkan O‘zbekistonda yangi prezidentning saylanayotgani otasining yaqin kelajakda ozod etilishiga umid uyg‘otganini aytdi.

Unga ko‘ra, Jazoni ijro etish Bosh Boshqarmasidan kelgan maktub so‘ngida bitilgan oxirgi jumla ayni umidning yanada oshishiga sabab bo‘lgan.

"Muassasada jazo muddatini o‘tayotgan barcha mahkumlar teng huquqga egaligini, shuningdek, jazoni ijro etish joylarida ichki-tartib qoida talablarini bajarib, muassasa tomonidan ijobiy tavsiflangan taqdirda, unga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llash, u jazo muddatini o‘tayotgan muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qilamiz," deya ta’kidlanadi Jazoni ijro etish Bosh Boshqarmasi maktubida.

Quyida Ozodlik va Sardor Qo‘qonov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatni tinglang.

Сардор Қўқонов отасига берилган жазо муддати, отасиз ўтган ёшлиги ва умид ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:40 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG