Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:11

Andijon YHX boshqarmasi boshlig‘i MXXga so‘roqqa olib ketildi


Avgust oyida ustidan tergov boshlangan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i (Ozodlik radiosida uning ism-familiyalari mavjud¸ ammo aybsizlik prezumpsiyasi bois oshkor qilinmaydi - tahr.) payshanba kuni Respublika MXXsiga so‘roqqa olib ketilgan.

Boshqarma boshlig‘i uyushgan tarzda pora oldi-berdisida ayblanaëtgan edi.

Ozodlikka Andijon viloyat prokuraturasidagi manbaning bugun ma’lum qilishicha, Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tekshiruv boshlangan.

- Avgust oyida boshlangan tekshiruvda yangi faktlar paydo bo‘lgani bois viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Dilshod Raxmatullaevich Bobojonovga nisbatan savollar paydo bo‘ldi¸ deydi manba.

Manbaning aytishicha¸ voqealar joriy yilning 16 sentabr kuni avvaliga 1 nafar, keyin esa yana 7 nafar ichki ishlar xodimi qo‘liga kishan solib viloyat MXX tergov izolyatoriga olib ketilgani ortidan rivojlangan:

- Avvaliga bosti-bosti qilinadigan bir ish kabi qarluvdi. Xozir tergov doirasi kattaydi. Kichkini bir epizoddan boshlandi. Mashina oldi-sotdisi Andijon Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida rasmiylashtirilgan paytda xaridor mashinadagi chiroyli nomerni saqlab qolish istagini bildirgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining haydovchisi 400 dollar evaziga bu ishni bajarishni va’da qildi. Pul berilaëtgan paytda MXX bosgan. Keyin esa qo‘lga olinganlar ko‘rsatmalari respublika IIVgidagi mulozimlar ham aralashgani o‘rtaga chiqdi. Ish kattalashib Andijon IIB YXX boshlig‘i Respublika MXXsiga olib ketildi¸ deydi manba.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiylari bu yuzadan tergov jaraëni borayotganini bildirish bilan kifoyalanishdi.

Ozodlikning Andijon IIB sidagi manbalari viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Dilshod Bobojonov iste’fo arizasini yozganligini iddao qilishdi. Ammo bu iddaoning rasmiy tasdig‘i hozircha yo‘q.

Chiroyli nomer “savdosi”

Ozodlikning Andijon IIB sidagi manbalarining aytishicha “Andijon Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidagi uyushgan jinoiy guruh chiroyli nomerlarni 1000 dollargacha narhda sotish bilan” shug‘ullanishgan.

Andijon viloyat prokuraturasidagi manbaning bildirishicha bu muammo Andijon Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida avgust oyida korrupsiyaga qarshi tadbirlar doirasida reyd paytida aniqlangan:

- 8 avgust kuni Andijon Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida qora niqobli xavfsizlik xizmati xodimlari reyd o‘tkazgan. Reyd payti boshqarmaning avtotransport vositalari texnik holati, ulardan foydalanish qoidalari va me’yorlariga amal qilishni nazorat qilish bo‘limining bir qancha xodimi ish joyidan qo‘liga kishan solingan holda olib ketilgan.​

Ozodlik manbasiga ko‘ra, hibsga olingan bu inspektorlar ham "poraxo‘rlik, jumladan, qoidabuzarlardan olingan jarima pullarini talon-taroj qilganlik, jarimaning uchdan ikki qismi miqdorida qoidabuzarlardan pora olganlikda" ayblanmoqda.

Internetdagi “Voditeli Tashkenta” guruhi bloggerining ta’kidicha Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining haydovchilardan pora olishlari odatiy xolga aylangan.

2013 yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Adham Ahmadboev militsiyadagi poraxo‘rlikka qarshi ayovsiz kurashishni va’da qilgan edi.

Bu gap aytilganidan beri o‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekistonda o‘nlab militsionerlar pora bilan qo‘lga olindi.

Andijonda 8 nafar militsioner qo‘lga olingan 16 sentabr kuni Namangan viloyati IIB Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimi poraxo‘rligi va hamda katta miqdordagi mablag‘ni talon-taroj etgani uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Respublika IIV organi bo‘lgan “Huquq” gazetasining yozishicha o‘tgan yili Jizzax tumani ichki ishlar bo‘limi inspektorlari Akbar Normatov va Rustam O‘rolovlar pora olganlikda ayblanib 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

XS
SM
MD
LG