Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:47

Fermer: “Mirziyoev meni uch oy ishga olsin, Farg‘ona viloyatidagi barcha qonunbuzarlikni ochib tashlayman!”


Farg‘ona dehqon bozori
Farg‘ona dehqon bozori

Ozodlikka murojaat qilgan Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida fermerlik qilayotgan 68 yashar Ochil Begmatov O‘zbekiston prezidenti vazifasini ijro etuvchi Shavkat Mirziyoevdan uni uch oy muddatga maoshsiz ishga olishini so‘rayotganini aytdi. Unga ko‘ra, shu uch oy mobaynida u viloyat mansabdorlarining qonunbuzarliklarini, korruptsiyani va qo‘shib yozishlarni ochib tashlaydi, fermerlikda islohot o‘tkazib, fermerlarning o‘z haq-huquqlarini tanitadi.

Ochil Begmatov Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida 21 yildan buyon fermerlik qilayotganini aytdi. Unga ko‘ra, o‘zi va farzandlarining to‘rtta fermer xo‘jaligi bor va jami 280 gektar yerda bug‘doy va paxta etishtiradi.

Fermerning aytishicha, uning bir milliard so‘mdan ortiq turadigan qishloq xo‘jalik texnikalari, ikki yuzdan ortiq qoramoli va shuncha qo‘yi bor.

Ochil Begmatov nafaqat tumanda, balki viloyatda ham ilg‘or fermerlardan biri ekanligini ta’kidladi.

Uning iddao qilishicha, doim rasmiylardan jabrlangan vatandoshlar va fermerlarning jamoatchi himoyachisi bo‘lib sudlarda qatnashib kelyapti.

Ochil Begmatovning aytishicha, uni ishga olishini so‘rab, Shavkat Mirziyovning virtual qabulxonasiga etti marta sim qoqqan, ammo qabulxona bilan bog‘lanolmagan.

Fermer, Farg‘ona viloyatida hokimlar va boshqa amaldorlar tomonidan qonunning oyoq osti qilinayotganini aytar ekan, viloyat ko‘lamidagi korruptsiya, qo‘shib yozishlar va fermerlar huquqlari toptalayotgani faktlarini ochib tashlash uchun O‘zbekiston prezidenti vazifasini ijro etuvchi Shavkat Mirziyoevdan uni maoshsiz uch oy ishga olishini iltimos qiladi:

“Men yaxshi yuristman, ilgari xalq nazoratida ishlaganman, iqtisodchiman. Hozir pensionerman. Mayli, Mirziyoev menga maosh bermasin, atigi uch oy yoniga ishga olsin. Men viloyatdagi amaldorlarning qilayotgan g‘ayriqonuniy ishlarini barini ochib tashlayman. Fermerlarning haq-huquqlarini o‘zlariga tanitaman. O‘qituvchi va shifokorlarning majburiy mehnatga haydalishiga chek qo‘ydiraman”, deydi Ochil Begmatov.

Fermer bilan suhbatni quyida tinglang:

Фарғоналик фермер Очил Бегматов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:54 0:00
Бевосита линк

Bundan avval ham o‘zbek vatandoshlari Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga murojaat qilib, ularni ishga olishlarini so‘ragan edi.

Xorazmlik 63 yoshli nafaqaxo‘r Qadamboy Matmurodov O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevdan yoniga ishga olishni so‘rab, uning virtual qabulxonasiga murojaat qilgan edi. “Xazorasp tumanida haqiqat o‘lgan. Adolat yo‘q. Hozir amaldagi huquq-tartibot organlarining 100tasini ishini bajaraman”, deb yozgan Matmurodov o‘z murojaatida.

Undan so‘ng andijonlik novvoy O‘tkirbek Hoshimov “Mirziyoev meni yoniga ishga olsin, men uni yonida yurishni xohlayman. Kerak bo‘lsa, viloyatlarga tintuv qilishlar uchun meni jo‘natsin, meni o‘zim titkilab beraman”, degan edi.

XS
SM
MD
LG