Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:29

Huquq faollari 2 marta "raskrutka" qilingan siyosiy mahbus bilan uchrashdi


Vasila Inoyatova, G‘anixon Mamatxonov va Abdurahmon Tashanov
Vasila Inoyatova, G‘anixon Mamatxonov va Abdurahmon Tashanov

2016 yilning 22 oktabrida O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Vasila Inoyatova hamda jurnalist Abdurahmon Tashanov O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tizimidagi 64/33-sonli muassasada jazo muddatini o‘tayotgan huquq faoli G‘anixon Mamatxonov bilan uchrashdi. Bu haqda “Ozodlik”ka xabar qilgan jurnalist Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, G‘anixon Mamatxonov bilan uchrashuv bir qadar murakkab kechgan.

“O‘z vaqtida O‘zbekiston inson huquqlari xalqaro tashkilotining Farg‘ona viloyati bo‘limi faoli bo‘lgan bu odam bilan uchrashuv bir qadar murakkab kechdi. Xastaligi va keksaligi tufayli hayajonini yashira olmagan G‘anixon aka hayajon aralash yig‘i bilan kutib oldi. Biroz toblari yo‘q ekan, muassasaning tibbiy bo‘limi u kishini sangorodga yuborishmoqchi ekan. “Qanday xastalik bezovta qilyapti?”, deb so‘radim. “Qarichilik, ozodlikka chiqsam hammasi yaxshi bo‘ladi” dedi G‘anixon aka”, deydi Abdurahmon Tashanov.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘anixon Mamatxonovning muddatiga so‘nggi marta shu yilning 3 avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tumani sudining hukmi bilan 2 yil-u 4 kun muddat qo‘shib berilgan. Ayblov siyosiy mahkumlarga nisbatan ilgari surilayotgan an’anaviy, ya’ni jazoni ijro etish muassasi tartibini buzish bo‘lib, huquq faoli ikkinchi marta shunday jazoga tartilgan. Uning qamoq muddati xuddi shu modda bilan 2014 yilda 2,3 yilga uzaytirilgan.

Koloniyada huquq faoli bilan uchrashgan Vasila Inoyatovaga ko‘ra, uchrashuvdan oldin muassasa rahbari o‘zlarining 64/33-sonli koloniyadagi mahkumlarning kundalik ovqat ratsioni, yotoqxona sharoiti va ish tartibi bilan xizmat kabinetidagi onlayn video kamera orqali tanishtirilgan.

“Ochig‘i, o‘ylaganimdan ancha tuzuk ekan. Muassasa faoliyati, mahkumlarga munosabat va mavjud sharoit ijobiy tarafga o‘zgargandek. Buni G‘anixon akaning o‘zlari ham e’tirof etdi. Muassasada jazo muddatlarini o‘tayotgan mahkumlarning kattagina qismiga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan amnistiya aktini qo‘llash borasida hujjatlashtirish ishlari bormoqda ekan” , dedi Vasila Inoyatova.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati koloniyadagi uchrashuv munosabati bilan tarqatgan bayonotida uchrashuvlarni tashkil qilishga ko‘mak bergan O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda ro‘yxatga olingan mazkur tashkilotga shu yilning iyunida 10 nafar siyosiy mahkum bilan uchrashuv o‘tkazishga izn berilgan. Jamiyat faollari ulardan Muhammad Bekjon, A’zam Farmonov, Isroiljon Xoldorov hamda G‘anixon Mamatxonovlar bilan uchrashganini ma’lum qilishgan.

XS
SM
MD
LG