Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:19

Benzin ortidan dollar qimmatladi, mamlakat yonilg‘i bozori chayqalib turibdi


O‘zbekistonda benzinga bir xil narx o‘rnatildi
O‘zbekistonda benzinga bir xil narx o‘rnatildi

23 oktabrdan boshlab O‘zbekistonda avtobenzin narxlari 35 foizga oshirildi. O‘zbekiston mintaqalarida benzin bilan bog‘liq vaziyat qay ahvolda? Gaz va solyarka narxlari qanchaga o‘zgardi?

Vazirlar Mahkamasi 22 oktyabrda qabul qilgan "Avtobenzin chakana narxining o‘zgarishi to‘g‘risidagi" 360-sonli qaroriga muvofiq, Ai-80 rusumli avtobenzinning 1 litri - 2 800 so‘m, Ai-91, Ai-92 va Ai-93 rusumli avtobenzinlarning 1 litri – 3 000 so‘m va Ai-95 rusumli avtobenzinning 1 litri – 3 300 so‘m etib belgilandi.

Shu yilning 23 oktabridan O‘zbekiston ichki bozorini neft va gaz bilan ta’minlashga mas’ul “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bundan buyon butun mamlakat bo‘ylab “benzin narxi bir xil” bo‘lishini e’lon qildi.

Benzin ortidan dollar ham oshdi

Benzin narxi oshirilishi ortidan poytaxt “qora bozori”da dollar kursi ham ko‘tarilgani xabari paydo bo‘ldi.

Toshkentlik Toshbekning aytishicha, benzin oshishi “dollar bozori”da biroz sarosima ko‘tardi.

- Oshib ketdi. Benzin oshganidan keyin bir dollarga 6750-6760 olishayapti dollarchilar. Sotish deyarli yo‘q! Bitta joyda sotilayapti, ammo ularda 6850 so‘mdan bir dollari. Yil oxirigacha 7 ming bo‘ladi, degan gap bor, hozircha mish-mish. Lekin sekin-sekin narxlar ham almashadi-de. Buning sabablari: birinchidan, yil oxirida o‘zi hamma narsa qimmatlaydi. Bu odatga kirib qolgan allaqachon, sezon faktori – butun dunyoda ham ko‘rsatiladigan holat. Ikkinchi sababi – benzin narxi oshgani. Bu psixologik faktor! Oxirgi paytlarda sekin ko‘tarilib kelayotgan edi, mana keskin oshib ketdi. Keyinchalik pastga tushishi mumkin, lekin yil davomida o‘sish bo‘lib kelmoqda. Kecha bir dollar 6700 dan edi. Bozorda turganlarning o‘zi ham bilmay qoldi, dedi Toshbek.

Тошкентлик Тошбек билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:31 0:00
Бевосита линк

Suhbatdosh benzin narxi ko‘tarilgani va dollar qimmatlagani hali chakana bozorda narx-navoning keskin oshishiga olib kelmagani, ammo bir-ikki kunda do‘konlarda narx peshtaxtachalari almashishi kutilayotganini aytdi.

Benzin ortidan asta-sekin dollar ko‘tarilib oldi
Benzin ortidan asta-sekin dollar ko‘tarilib oldi

Gaz va solyarka narxi oshgani yo‘q!

Benzin narxi oshirilishi ortidan O‘zbekistonda mashinasi gazda yurgan ko‘plab haydovchilarni metan-propan narxiga oid savollar qiziqtirmoqda. Ayrim tinglovchilarimiz avtomobil gazi narxi ham oshirilishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hamda Jizzax viloyati Zarbdor tumani gaz-zapravkalarida Ozodlik so‘roviga gaz narxi o‘zgarmasdan qolganini aytishmoqda.

Ayni paytda, hukumat solyarkaga bo‘lgan narxlarni ochiqlaganicha yo‘q. Toshkent shahar Yunusobod tuman AYoQSh bo‘limlaridan birida solyarka narxi oshmasdan qolganini ma’lum qilishdi.

- Solyarka narxi 2245 so‘m. “Kommercheskiy” narx bilan adashtirmang – bu davlat narxi. Solyarka o‘zgarmasdan qoldi - faqat benzin narxi oshdi, dedi zapravka xodimi.

"Feysbuk"dagilar kuzatmoqda

Feysbukdagi “haydovchilar” guruhi a’zosi bo‘lgan Xurshid Saydullayev Navoiy shahridagi vaziyatni bunday tasvirlaydi:

- O‘zgazoyl”, Navoiy shahri, benzin 2800 bo‘ldi. Oldin 3000 so‘m edi.

Bunga javoban qarshilik Yelena Abdullaeva qo‘shimcha qildi:

- Kecha Qarshida bo‘lgan edik, hamma zapravkalarda benzin 2800 dan – hech qachon zapravkada buncha mashina ko‘rmaganman!

Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama bormoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama bormoqda

"Navoyiga yaxshi bo‘ldi!"

Navoiy viloyatidan Ozodlikka xabar yo‘llagan tinglovchi yangi o‘zgartishlar benzin chayqovchilariga jiddiy zarba bo‘lishi va mintaqalar aholisiga foyda keltirishiga ishonishini bildirdi.

“Assalomu alaykum! Hammasi yaxshi - benzin ko‘tarilgani poytaxtliklarga yomon bo‘ldi, ammo viloyat aholisiga yaxshi bo‘ldi. Chunki Toshkentda aholi benzinni 2075 so‘m olib yurgandi shu vaqtgacha. Viloyatlarda benzin zapravkalarda 3000 so‘mdan, chayqovchilardan 3500-4000 so‘mdan olinardi. Endi bo‘lsa viloyatlarda xam 2800 so‘mdan sotilayapti! Agar neftebazadagi poraxo‘rlar pora, ya’ni (shapka) olishmasa viloyatlardayam benzin 2800 so‘m sotilaveradi, menimcha. Men shu soha odamiman, deb yozdi ismi sir qolishini so‘ragan tadbirkor.

Farg‘ona viloyati

Ozodlik tinglovchilari Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida benzin yangi narxda bemalol sotilayotganini xabar qilmoqda.

"Assalomu alaykum. Qo‘qon shahrida benzin ko‘pligi, lekin narx-navosi 80-ni 3000 so‘m sotayotganini aniq aytaman. Bemalol, lyuboy zapravkada bor. 80-ni 3000 so‘m sotyapti: 80 degani bilan 80 bo‘lmasa kerak. Toshkentdan olingan benzinni quysam mashinam yaxshi yuradi. Qo‘qonni 80-niga charaqlab ovoz chiqarvoradi", deb yozdi qo‘qonlik Ozodlik tinglovchisi "WhatsApp" tarmog‘i orqali.

Toshkent shahridagi AYoQSh

Ozodlik suhbatlashgan Toshkent shahar AYoQ shahobchalarida benzin ikki kundan buyon yangi narxlarda sotilayotgani bildirishmoqda. Yakkasaroy tumanida benzin sotayotgan do‘kon xodimi narxlar quyidagicha ekanini aytadi:

- Oshgan bizda ham – 2800 dan sotayapmiz “80” markani. “91” marka – 3 ming so‘m, “95” – 3300 so‘mdan sotayapmiz. Benzin bemalol bor. Ko‘tarilganiga ikki kun bo‘ldi, dedi zapravkachi xodim.

Toshkent shahridan xabar yo‘llagan haydovchilardan biri turnaqator navbatlar yo‘qolganidan quvonayotganini yozdi:

"Benzin oshgani yaxshiyam bo‘ldi - o‘zgarish kotta, ochered yo bemalol soatlab turishlar yo‘q. Hamma yoqda benzin narxi bir xil ! Nima bo‘lganda ham, Sh.Mirziyoev yaxshi oborvotila boshqaruvni, kotta ozgarishla bo‘votti! Xo‘p, narxlar oshdi deylik, ammo pensiyalar ham oshdi-ku."

Ijtimoiy tarmoqlar javobi...

Ayni paytda, O‘zbekistonda avtomobil yonilg‘isi oshishiga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari munosabat bildirmoqda. Tarmoqlarda paydo bo‘lgan “demotivatorlar”dan ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Benzinni yangi narxlar bo‘yicha sotib oluvchilarga...
Benzinni yangi narxlar bo‘yicha sotib oluvchilarga...

Mashinasi propan-gazda yurgan ayrim haydovchilarning benzin narxi oshishiga munosabati.

"Benzin oshishidan qattiq ranjidim"

Ozodlikka benzin narxi oshishi munosabati bilan o‘z fikrini “Telegram” tarmog‘i orqali yuborgan toshkentlik yana bir tinglovchi benzin narxining oshirilishi xabarini xavotir bilan kutib olganini bildirdi.

Uning fikricha, biroz vaqt o‘tib AYoQ shahobchalarida yana navbatlar paydo bo‘ladi.

"Benzin zapravkalarda bemalol sotilmoqda butun Toshkent bo‘ylab, lekin narxi oshganligi shaxsan meni qattiq ranjitdi. Tanish-bilishlarim ham bu holatdan aziyat chekishmoqda: bir varakayiga 35%ga oshirishni sababini tushunolmay qoldik. Har xil tushuntirishlar yuzaga kelmoqda, lekin bu vaziyatni baribir yaxshilikka yo‘ish qiyin bo‘lmoqda! Zapravkada operator bo‘lib ishlaydigan tanishim bor. Uning fikriga ko‘ra, ocheredь bo‘lishi sababini shunday tushuntirdi: benzinni narxini oshirib bemalol qilinsa, hech kimda norozilik tug‘ilmaydi, navbat bo‘lib shunday atalmish, kommercheskiy benzinni ham 3000 so‘mdan ham olayotgan edikku. Ana o‘sha 80-chi benzin hozir 2.800 so‘m!"

"Qani edi hamma joyda narxlar bir xil bo‘lsa!"

Nukuslik Abdullo respublika bo‘ylab narxlarning bir xil qilib qo‘yilishiga shubha bilan qarashini Ozodlikka ma’lum qildi. Suhbatdosh Qoraqalpog‘istonda benzin markazga nisbatan ilgari ham qimmatroq sotilishini aytadi.

- Men o‘zim Toshkengga odam olib, qatnayman. Toshkentdagi zapravkalarda narxlar yaxshi edi. Baklashkalarga ham olib, 100 litrgacha olib kelib sotganman. 2-3 oy oldin borganimda berishmadi. Bizning mashinadagi “95” nomerini ko‘rib, “Benzin yo‘q!”, deyishadi. Lekin toshkentliklarga beradi. Ilgari bizga 50 litr bemalol berardi, hozir 20 litr ham bermayapti! 3 oydan beri ahvol shu... Bizda Qoraqalpog‘istonda benzin bor, lekin qimmat. “75” benzin men ketayotganimda 3500 edi, hozir 4000-5000 chiqib ketdi! Zapravkada hatto shu narxga ba’zan bo‘lmay qoladi. Bu erda zapravkalar olib, qo‘lda sotmoqda. Benzin butun respublikada bir xil tempda bo‘lishi kerak. Masalan, Buxoroda 2800 bo‘lsa, bizda uni 3500 sotadi. Qani edi 12 viloyatni narxlarni bir xil qilib qo‘ysa – bizlar olardi! Qo‘lda, mayli, 200 qo‘yib sotsin, deya benzinga bo‘lgan narxlar butun respublika bo‘yicha bir xil bo‘lishini talab qilgan nukuslik Abdullo.

Нукуслик ҳайдовчи Абдулло билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:34 0:00
Бевосита линк

"3-5 milliard dollar kimning cho‘ntagiga ketdi?"

Uzmetronom sayti 2014 yilning yanvarida oxirgi marotaba benzin narxlari oshirilganini aytib, “davlat” narxlaridan tashqari avtomobil yonilg‘isiga “kommertsiya” narxlari mavjud bo‘lganini yodga oldi.

“”Bozor” arxlari qariyb 30 foizga yuqoriroq bo‘lib, asosan Toshkentdan tashqarida amal qilgan. Bunday holat nafaqat o‘ta katta miqdorda, balki fantastik miqdorlarda o‘marish va spekulyatsiya qilishga imkon yaratib bergan. Oddiy hisob-kitoblarga ko‘ra, “parralel” narxlar tufayli “O‘zbekneftmahsulot” bilan bog‘liq bo‘lgan “ishbilarmonlar” 3-5 milliard dollarga boyib qoldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning qator shaharlarida shunday ko‘chalar mavjudki, u yerda yetishmovchilikka qaramasdan istagan vaqtda benzin sotib olish mumkin. Ular xavfsizligini mahalliy militsiya ta’minlashi hech kim uchun sir emas. Faqat bu pullar kimlarning cho‘ntagiga tushdi?”, deb savol qo‘ydi “Uzmetronom” muxbiri.

“Surxondaryoda benzinga odam yo‘q!”

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida benzin oshishi tufayli zapravkalarda xaridor kamaydi.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida benzinga odam yo‘q: AI-80 – 3300 so‘m!”, deb yozdi surxondaryolik Ozodlik muxlisi.

XS
SM
MD
LG