Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:54

Pragada AQSh saytlariga xujumda gumon qilingan rossiyalik qo‘lga olindi


Pragada AQSh saytlariga kiber-hujumlar uyushtirishda gumon qilingan rossiyalik qo‘lga olindi. Bu haqda xabar qilgan chex politsiyasi rossiyalikning ismini ochiqlamadi, lekin uni Interpol qidirayotganligi ma’lum.

Xabarda aytilishicha, Chexiya politsiyasining tergov bo‘limi xodimlari AQShning Federal qidiruv boshqarmasi bilan hamkorlikda (FBR) muvaffaqiyatli operatsiyani amalga oshirishdi. Hibsga olish to‘g‘risidagi qarorni Parij shahar sudi qabul qilgan.

Rossiyalik Praga markazidagi restoranlardan birida qo‘lga olingan. Politsiya xodimlarining paydo bo‘lishi uning uchun shu daraja kutilmagan voqea bo‘ldiki, u hech qanday qarshilik ko‘rsatmasdan xatto xushidan ketib qolgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga yotqizilgan.

Endi, Chexiya sudi shubha ostidagi rossiyalikni AQShga ekstraditsiya qilish masalasini hal qilishi kerak. Hozircha Rossiya rasmiylaridan hech qanaqa izoh bo‘lgani yo‘q.

Oktabr boshlarida AQSh hukumati Rossiyani prezident saylovoldi kampaniyasida Demokratik partiyaning saytlariga xaker xujumlari uyushtirganlikda rasman ayblagan edi. AQShning aniqlik kiritishicha, bu yerda gap amerikalik siyosatchilar orasidagi elektron pochta orqali yozishmalarning DCLeaks va WikiLeaks saytlarida chop etish haqida boryapti. Moskva ayblovlarni inkor etgan.

XS
SM
MD
LG