Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:41

O‘zbekistonda sobiq mahbuslarga qanday shartlar qo‘yilgan?


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi. Mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan e’lon qilinishi kutilayotgan amnistiya akti bilan qamoqdan chiqariladiganlarning ozodlikdagi hayotini Konstitutsiyaning 13- moddasi qay darajada himoya qila oladi? Muxbirimiz shu savol javobiga, ya’ni sobiq mahbuslarning amnistiyadan keyingi hayotiga qiziqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi.

Aynan shu so‘zlar bilan boshlanadi O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senatiga 10 oktyabrda kiritgan navbatdagi amnistiyaga oid taqdimnomasi.

Mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan e’lon qilinishi kutilayotgan amnistiya akti bilan qamoqdan chiqariladiganlarning ozodlikdagi hayotini Mirziyoev tilga olgan 13- modda qay darajada himoya qila oladi?

Muxbirimiz shu savol javobiga, ya’ni sobiq mahbuslarning amnistiyadan keyingi hayotiga qiziqdi.

Shu yilning avgustida O‘zbekiston qamoqxonalarida 23 yil o‘tirgan toshkentlik “taniqli” mahbuslardan biri ozodlikka chiqdi.

Bu voqeani o‘rganarkan, Ozodlik muxbiri uning yaqinlari bilan gaplashgan edi. “Faqat, masjidga bordi, degan gapni aytmanglar, iltimos, u kishiga masjidga borish taqiqlangan”, deb ogohlantirgan edi sobiq mahbusning yaqini.

Qamoqdan ozod qilinayotganlarning kimisigadir masjidga borish taqiqlansa, boshqasiga kasbi bo‘yicha ishlash, yana biroviga chet el bilan aloqa qilish taqiqlanadi.

Jizzaxlik sobiq mahbus, jurnalist Ulug‘bek Ashurga kasbi bilan shug‘ullanish taqiqlab qo‘yilgan.

- Jurnalistlik faoliyat bilan, inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanmayman, degan tilxat yozdirib olishgan, dedi Ozodlikka shu kunda siyosiy muhojiratda yashayotgan Ulug‘bek Ashur.

Собиқ маҳбус Улуғбек Ашур билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:26 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik yana bir taniqli sobiq mahbus, qamoqda 14 yil o‘tirib, 2013 yilning aprelida ozodlikka chiqarilgan 75 yashar yozuvchi Mamadali Mahmudov - chet el bilan aloqa qilish taqiqlanganlardan.

- Qamoqdan chiqishim arafasida maxfiy tashkilotning odamlari men bilan ikki kun gaplashdi. Ekstremistlar bilan, chet el bilan gaplashmaysan, deyishdi, dedi Ozodlikka adib.

O‘zbekistonlik huquqshunos Ruhiddin Komilovning aytishicha, odatda, amnistiyaga tushib yoki jazo muddatini o‘tab ozodlikka chiqqan sobiq mahbuslardan bir yilgacha vaqti-vaqti bilan ichki ishlar idorasiga uchrab turish talab qilinadi.

Mamadali Mahmudov ozodlikka chiqqanidan buyon 3 yildan ko‘p vaqt o‘tdi. Lekin u hanuz doimiy nazorat ostida.

- So‘nggi tilxatni yozib berganimga bir oy bo‘ldi, dedi yozuvchi.

Собиқ маҳбус Мамадали Маҳмудов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:02 0:00
Бевосита линк

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi tinib-tinchimas oqsoqol, 78 yashar Nabijon Jo‘raboev tovlamachilik va firibgarlikda ayblanib, o‘zining aytishicha esa, mahalliy amaldorlarni tanqid qilavergani uchun, 2013 ning mayida 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va o‘sha yil oxirida amnistiyaga tushgan edi.

Mamadali Mahmudovdan farqli o‘laroq, uni qamoqdan bo‘shatishar ekan, zimmasiga hech qanday majburiyat yuklashmagan. Qamoqdan keyingi nazorat esa, 4-5 oygina davom etdi.

- Qamoqdan chiqqanimdan keyin 4 – 5 oy o‘tganidan keyin viloyat ichki ishlar boshqarmasidan odamlar kelib meni va menga o‘xshaganlarni nazorat ro‘yxatidan chiqarib ketgan, dedi Nabijon Jo‘raboev.

Собиқ маҳбус Набижон Жўрабоев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00
Бевосита линк

Qamoqdan chiqqanlar ustidan doimiy nazorat keyingi yillarda paydo bo‘lgan yangilik emas. Sovet davridan qolgan bu tutum O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida ham bor edi.

Siyosiy motivlar bilan qamalib, prezident Karimovning maxsus avfi bilan boshqa uch mahbus bilan birgalikda 1994 yilda ozodlikka chiqqan, Birlik xalq harakati faoli, keyinchalik Ozodlik muxbiri sifatida ishlagan Nosir Zokir ham, qamoqdan tilxat yozib bergach, bo‘shatilgan.

- Qonunga xilof ish qilmayman, Konstitutsiya doirasidan chiqib ketmayman, men haqiqatan ham jinoyatchiman, degan tilxat yozib berganman, dedi Ozodlikka Nosir Zokir.

Uning aytishicha, mahbus ozodlikka amnistiya akti bilan chiqadimi, jazo muddatini to‘la o‘tab bo‘lgach chiqadimi – buning farqi yo‘q:

- Turmadan chiqqaningizdan keyin har hafta militsiya bo‘limiga uchrab turishingiz kerak, dedi Nosir Zokir.

Собиқ маҳбус Носир Зокир билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:37 0:00
Бевосита линк

Amnistiyaga tushgan yoki jazo muddatini to‘lab o‘tab bo‘lgan sobiq mahbus ustidan bu qadar total nazorat o‘rnatish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13- moddasida nazarda tutilgan me’yorni buzish uchun qanday qonuniy asos bor?

Bu savolga javob topish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga murojaat qildik. Boshqarma telefonini ko‘targan mulozim savolni eshitdi, lekin javob berishni istamadi.

Shunisi qiziqki, o‘zbekistonlik ba’zi huquqshunoslar ham Ozodlik bilan suhbat chog‘ida sobiq mahbuslar ustidan postqamoq nazoratida g‘ayritabiiylik ko‘rmadi. Ulardan biri, qo‘qonlik advokat Sattorali Usmonov bu holatni yillar davomida amal qilib kelayotgan ichki yo‘riqnomalar mavjudligi bilan izohladi.

Bunday fikrni toshkentlik huquqshunos Ruhiddin Komilovdan ham eshitgach, u kishiga quyidagi savolni berdik:

Ozodlik: Jazoni o‘tab bo‘lgan odam ustidan yana ma’muriy nazorat o‘rnatish uning konstittsiyaviy huquqlarini buzish emasmi?

Huquqshunos R. Komilov: Yuridik nuqtai nazardan olsak, albatta, zid. Lekin shuni ham esdan chiqarmangki, ma’muriy organlar hamma uchun umumiy va majburiy bo‘lgan qarorlar chiqarish vakolatiga egadir.

Ҳуқуқшунос Руҳиддин Комилов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00
Бевосита линк

Ma’muriy organning qarori Konstitutsiyadan ham ustunmi?

Bu masala ustida huquqshunos Komilov bilan bahsga kirishmadik.

XS
SM
MD
LG