Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:27

"Prezident vazifasini ijro etuvchi Shavkat Mirziyoev xalq bilan uchrashmayapti"


O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 11 oktyabrь kuni Termiz shahriga kelgan. Muvaqqat prezident bilan uchrashishni va muammolarni gapirishni orzu qilgan surxondaryoliklar Mirziyoev oddiy odamlar, aholi bilan uchrashmayotganidan shikoyat qiladilar.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 11 oktyabrь kuni Termiz shahriga kelgan. Muvaqqat prezident bilan uchrashishni va muammolarni gapirishni orzu qilgan surxondaryoliklar Mirziyoev oddiy odamlar, aholi bilan uchrashmayotganidan shikoyat qiladilar.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashaydigan, ismi sir qolishini so‘ragan tadbirkor Shavkat Mirziyoev bilan uchrashish orzusida ekanligini, biroq faqat uning kortejini ko‘rishga muvaffaq bo‘lganini aytadi:

"Biz, sherobodlik tadbirkorlar Mirziyoevni rosa kutdik. U bilan uchrashish va muammolarni aytish orzusida edik. Chunki, ​ayniqsa, biz, tadbirkorlarni hokim, soliqchilar, militsiya, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari judayam ezib yubordi. Qonunsiz pul yig‘ishlar jonga tegdi. Umuman kun bermay qo‘yishdi. Ana shu dardlarimizni aytamiz degandik. Afsus, faqat uzoqdan uning kortejini ko‘rib qoldik, xolos”, dedi tadbirkor.

Uning aytishicha, shu kuni militsiya xodimlari odamlarni uylaridan chiqmay turishi haqida ogohlantirib chiqqan:

“Hozirgina katta ko‘chaga chiqib keldim. Jip, Mersedes va Kaptivalarda Mirziyoev korteji Imom at Termiziy maqbarasi tomon o‘tib ketdi. Har 30-50 metrda bittadan melisa turibdi. Maqbaraning to‘rt tomoni harbiylar bilan o‘rab olingan. Bugun ertalab Sherobodning markaziy ko‘chasidagi uylarga militsiya xodimlari kirib, hatto itni ham ko‘chaga chiqarmaslikni tayinlab chiqdi. Ko‘chalarga moshinalar tinmay suv sepib turibdi. Sherbaraka bozoridagi yoyma bozorchilar, pana ko‘chalarda savdo qilmoqda”, deydi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan surxondaryolik tadbirkor.

Shavkat Mirziyoev 11 oktyabrь kuni ertalab Termiz shahridagi Hakim at Termiziy maqbarasini ziyorat qilganidan so‘ng, Termiz tumanida yangi qurilgan mevani saqlash va qayta ishlash korxonasining ochilishida ishtirok etgan.

Ozodlikning Termizdagi manbasiga ko‘ra, korxona ochilish marosimida uning atrofi qattiq qo‘riqlangan va mahalliy aholi umuman yaqinlashtirilmagan:

“Hozir uyimizning oldida 20tacha Mersedes, Kaptiva mashinalari turibdi. Militsiya xodimlari to‘la. Oddiy xalqdan hech kimni borgani qo‘yishmayapti”, dedi Ozodlik bilan suhbatda termizliklardan biri.

Sherobod tumanida Mirziyoev tashrifidan qochgan bozorchilar
Sherobod tumanida Mirziyoev tashrifidan qochgan bozorchilar

Angor tumanida yashaydigan 90 yashar Angor bobo ham Bosh vazir bilan uchrashish, u bilan bir piyola choy ichish va mavjud muammolar haqida gaplashish istagi borligini aytadi:

“Hamma joy supirib-sidirilyapti, ko‘chalarga asfalьt yotqizilyapti, tomlar bo‘yalyapti. Lekin buni qarangki, o‘qituvchiyu do‘xtirlar o‘z ishi qolib bugun paxta teryapti. ana shular haqida bir otamlashmoqchi edim. Lekin meni uning yaqiniga ham yo‘latishmasligini yaxshi bilaman”, dedi Angor bobo.

Odatda, O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning biror viloyatga tashrifi oldidan hamma joyda obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

Bir-biridan mustaqil Ozodlik manbalariga ko‘ra, Termiz shahri va tumanida, Sherobod va Angor tumanlarida byudjet tashkiloti ishchilari ko‘chalarni tozalashga, devorlarni oqlash va rang berishga safarbar etilgan.

Bosh vazir borishi ehtimoli bo‘lgan ko‘chalarga shoshilinch tarzda asfalьt yotqizilgan.

Ilgari Ozodlik radiosiga gapirgan mutaxassis, texnologiyaga zid tarzda shoshilinch tarzda yotqizilgan asfalьt sifatsiz bo‘lishi, qoru-yomg‘irlardan so‘ng ko‘chib, buzilib ketishi haqida gapirgan edi.

XS
SM
MD
LG