Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:01

OzodNazar: “O‘zbekistonliklar Gulnora Karimovaga nima bo‘layotganini bilishga haqli!”


Otasining sevimli qizi bo‘lgani aytilgan Gulnora Karimova taqdiriga oid ishonchli ma’lumot olish hozirgi paytda qariyb imkonsiz bo‘lib qolgan.
Otasining sevimli qizi bo‘lgani aytilgan Gulnora Karimova taqdiriga oid ishonchli ma’lumot olish hozirgi paytda qariyb imkonsiz bo‘lib qolgan.

4 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaga oid ekani iddao qilingan maktub keng tarqadi. Maktubda onasidan uzr so‘rab¸ boshqa bu ahvolda yashay olmasligiga ishorat qilgan muallif¸ ayni paytda¸ Karimov o‘limidan so‘ng O‘zbekiston hokimiyatini egallagan shaxslarga ham munosabat bildirib o‘tadi.

Asl muallifi kim ekanini aniqlash imkonsiz bo‘lgan bu maktub¸ 2013 yilga qadar Islom Karimovning "vorisi"¸ “o‘zbek malikasi” deb ko‘rilgan Gulnora Karimova taqdiriga nisbatan jamoatchilik qiziqishining hamon baland qolayotganini namoyish etdi.

Gulnora Karimova hozir qaerda? Uning O‘zbekistondagi legal statusi qanday – mahbusmi yo ayblanuvchi? Mahbus va ayblanuvchi bo‘lsa¸ qaysi jinoyatda ayblanib¸ jazo olmoqda? Nima uchun birinchi prezidentning dunyoga ovoza bo‘lgan to‘ng‘ich qizi taqdiri haqida rasmiy ma’lumot berilmadi va berilmayotir?

OzodNazar mehmoni jurnalist va siyosiy faol Jahongir Muhammad shu kabi savollar yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:41 0:00
Бевосита линк

Tahririyatdan: OzodNazar ruknida bildirilayotgan fikr-mulohazalar Ozodlik emas¸ balki uning suhbatdoshlari qarashlari ifodasidir.

XS
SM
MD
LG