Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:51

Mayk Pens: AQSh Suriyada harbiy kuch ishlatishi kerak


AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzodlar: respublikachi Mayk Pens (chapda) va demokrat Tim Keyn.
AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzodlar: respublikachi Mayk Pens (chapda) va demokrat Tim Keyn.

Respublikachilar partiyasi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning yonida vitse-prezidentlikka nomzod Mayk Pens agar Rossiya Halabdagi “vahshiy” hujumlarini to‘xtatmasa, AQSh Suriya hukumatiga qarshi harbiy kuch ishlatishi kerak, deb bayonot berdi.

4 oktabr kuni vitse-prezidentlikka nomzodlar orasida bo‘lib o‘tgan debat davomida Indiana shtati gubernatori Mayk Pens “Agar Rosssiya Halabga vahshiylarcha hujum qilishda davom etsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari [Suriya prezidenti Bashar al-Assad] tuzumiga qarshi harbiy kuch ishlatishi zarur”, dedi.

Hatto Trampning o‘zi ham Suriya va Rossiya kuchlarining Halabdagi amaliyotlarini kuch ishlatib to‘xtatish kerakligini ta’kidlamagan.

4 oktabr kuni Tramp Rossiya Suriyada erishilgan otashkesimni AQShni hurmat qilmagani uchun buzganini aytdi, ammo u bunga javoban harbiy kuch ishlatishga chaqirmadi.

Vitse-prezidentlikka nomzodlar debati davomida respublikachilar nomzodi Pens demokratlar nomzodi Tim Keyn bilan bellashdi. Debat davomida Keyn Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va uning diktatorlarga xos boshqaruv uslubini ideallashtirishini ta’kidladi.

“U diktatorlarni xush ko‘radi. Unda o‘zining shaxsiy Rashmor tog‘i bor bo‘lib, u tog‘da Vladimir Putin, Kim Chen In, Muammar Qaddafiy va Saddam Husaynlar bor”, dedi.

Ayni paytda Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi Tartus bazasiga S-300 zenit-raketa tizimlari joylashtirilgani haqida ma’lumot tarqatdi. Vazirlik bayonotida bundan maqsad “harbiy-dengiz bazasi va bu yerdagi rus harbiylari xavfsizligini ta’minlash” ekani aytiladi. Uzoq masofaga uchuvchi S-300 raketalari uchoqlar va qanotli raketalarni yo‘q qilish, ballistik raketalarni nishonga olish imkoniga ega bo‘lib, harbiy va yirik sanoat ob’ektlari mudofaasi uchun mo‘ljallangan.

Vashington Rossiyaning Suriyaga yangi qurollar yetkazib berganini qoraladi. Oq uy va AQSh Davlat departamenti vakillariga ko‘ra, Rossiyaning Suriyadagi vazifasi terrorchi guruhlarga qarshi kurashdan iborat, biroq bu guruhlarning birontasi havodan hujum qilish imkoniga ega emas.

“Rossiyaliklar koalitsiya uchuvchilari va o‘z pilotlarimiz xavfsizligiga juda jiddiy yondashishimizni tushunishlari lozim”, dedi Pentagon vakili Piter Kuk.

2015 yili Rossiyaga Suriyaga C-400 havo hujumidan mudofaa tizimlari va “Pansir” (“Sovut”) rusumidagi raketa majmualarini joylashtirgandi.

XS
SM
MD
LG