Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:42

Matiz Rossiya bozorini tark etdi


Uzbekistan: GM-Uzbekistan joint venture produced "Matiz"
Uzbekistan: GM-Uzbekistan joint venture produced "Matiz"

Rossiyada sifati va narxi bo‘yicha eng arzon va ommabop deb tanilgan Matiz avtomobili yangi yildan boshlab Rossiyaga eksport etilmaydi. GM Uzbekistan rasmiylariga ko‘ra, bunday qaror Matiz o‘rnini bosadigan yangi rusumdagi – Ravon R2 avtomobilini bozorga chiqarilgani bilan bog‘liqdir.

Ravon shirkatining Moskvadagi vakilasi Yulya, Ozodlik bilan so‘hbatda Matiz avtomobilining Rossiyaga boshqa eksport etilmasligini tasdiq etdi.

- Haqiqatan ham,Matiz ishlab chiqarish uchun bu oxirgi yil. Chunki Ravon shirkati Matiz o‘rnini bosadigan yangi - R2 avtomobilini bozorga chiqardi. Hozirda barcha kuch-quvvat ana shu yangi rusumdagi avtomobilllarga qaratiladi. Matizning zavod konveyridan olishning boshqa sabablari bizga ma’lum emas. Bu zavod rahbariyati qarori hisoblanadi, dedi Ravon shirkatining Moskvadagi rasmiy vakilasi Yulya.

Moskvadagi Ravon rasmiy saytidagi avtomobillar ro‘yxatidan ham Matiz chiqarilgan.

Avvalroq zavod rahbariyati Ravon Matiz avtomobillarini avtomatik boshqaruv, xavfsizlik yostiqchalari va navigatsiya tizimi kabi yangi texnologiyalar bilan jihozlash loyihasi rejalashtirilganini bildirgandi.

Moskvadagi “Za rulyom” avtojurnali eksperti Vadim Kryuchkov, Ozodlik bilan so‘hbatda,Matiz avtomobilining boshqa ishlab chiqarmaslik qarorini, to‘g‘ri o‘ylangan marketing qadam deya bahaladi.

Uning fikricha, Matizning zamonaviylashtirish amaliyoti avtomobil narxining ko‘tarilishi va uning raqobatbardosh bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olgan holda, zavod rahbariyati shunday to‘xtamga kelgan.

- Matiz Rossiya bozorida taqriban 2001 yildan buyon sotilmoqda. Hozirgi kunda ushbu model eskirib qolgan va zamonaviy xafsizlik talablariga javob bermaydi. Shuning uchun ham Matiz o‘rniga Ravon R2 ning kelishi juda to‘g‘ri qadamdir. Rossiya bozorida R2 o‘z segmentida eng ommabop, bozori chaqqon avtomobillar ro‘yxatidan o‘rin olishiga ishonaman, dedi ekspert Vadim Kryuchkov.

2016 yilda Rossiyada Ravon brendi ostida sotila boshlangan Ravon Matiz ( 0,8 litrli, 3 tsilindrli, 51 ot kuchiga ega motorli, mexanika boshqaruv) narxi 314 ming rubldan (taqriban 4950 dollar) boshlanadi. Ravon 2 modeli esa hozirda 409 ming rubldan (6450 dollar) sotilmoqda.

Bugungi kunda Rossiya salonlarida O‘zbekiston avtomobillaridan Matiz va Ravon R2 qatori, Nexia R3 (~419 000 rubl), Ravon Gentra (~559000 rubl) sotiladi.

Sifat va munosib narx bo‘yicha Matiz va Ravon R2 ga raqobat qiladigan avtomobillardan, ekspertlar Kia Picanto nomini keltirishadi. Biroq ushbu avtomobil narxi, o‘zbek Matiziga qaraganda, qariyb 2 barobar qimmat turadi.

Rossiyada Matizni asosan o‘rtahol rossiyaliklar qatori mijozlariga pitstsa, sushi taomlarini tashiydigan kafelar sotib olishadi.

Rossiyadagi GM Uzbekistan ayrim dilerlari, Ozodlik bilan so‘hbatda, omborlarda yig‘ilgan zaxiralar sotib tugatilgandan so‘ng, boshqa Matiz keltirilmasligini bildirishdi.

XS
SM
MD
LG