Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:42

Orenburgda 12,5 tonna nos olib o‘tishga uringan to‘rt o‘zbekistonlik ushlandi


O‘tgan juma kuni Rossiyaning Orenburg viloyati Oqbuloq tumani (Akbulakskiy rayon) prokuraturasi mazkur viloyatga 12,5 tonna nos kiritishda gumon qilinayotgan 4 nafar o‘zbekistonlik hibsga olinganini ma’lum qildi.

Orenburg viloyati prokuraturasining rasmiy saytiga ko‘ra, O‘zbekiston vatandoshlari 2016 yil iyunida avtobusda “Sagarchin-avtodorojnыy” nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tayotgan paytda Rossiya xafsizlik xizmati (FSB) xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Orenburg viloyati chegara xizmati rasmiylariga ko‘ra, 12,5 tonna nosni kiritishga uringan 4 kishidan 3 nafari ayol bo‘lgan.

Orenburg viloyati Oqbuloq tumani sudi o‘zbekistonliklarga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 238- moddasi, 2- qismi ( “sotish maqsadida inson hayoti va sog‘lig‘i talablariga javob bermagan mahsulotni olib o‘tish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Nosfurush o‘zbekistonliklar Orenburg viloyatida birinchi marta mahkamaga tortilayotgani yo‘q.

2016 yil avgustida Orenburg Markaziy tumani sudi nos sotishda ayblangan O‘zbekiston vatandoshini 200 ming rubl jarimaga tortgandi.

Rossiya chegara boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra 2016 yilda Qozog‘istondan Rossiyaga 20 marotaba nos olib o‘tish urinishi bartaraf etilgan. Ushbu manba ma’lumoti bo‘yicha joriy yilda chegara hududida 40 tonna nos musodara etilgan.

Rossiyada mehnat muhojirlari soni ortishi barobarida noskashlik Rossiya shaharlarida nafaqat markaziy osiyoliklar, balki mahalliy yoshlar orasida ham kuzatilmoqda.

Yaqinda Rossiya bosh vazirining yordamchisi, "Rospotrebnadzor" sobiq rahbari Gennadiy Onishchenko, “veyplar” ya’ni elektron sigaretlar qatori nosni ham Rossiyada taqiqlash taklifi bilan chiqdi.

Bundan bir necha yil oldin rossiyalik bir guruh siyosatchilar nosni “engil narkotik” toifasiga kiritish taklifi bilan hukumatga murojaat qilishgan edi.

Rossiya hududiga keltirilishi taqiqlangan bo‘lsa hamki, avtobus va poezdlarda yashirincha O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltiriladi.

Rossiyaning turli shaharlarida mehnat muhojirlari gavjum bozor va savdo markazlarida yarim yashirin nos sotuvchilarini uchratish mumkin.

XS
SM
MD
LG