Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:55

Prezident trassasi bo‘ylab yopilgan yo‘llar qayta ochilmoqda


Prezident Islom Karimovning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent kichik xalqa yo‘lining prezident korteji o‘tuvchi qismlari to‘la yopilgan va bu mashinalar oqimi harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Shuningdek, poytaxtning kichik xalqa yo‘li va tutashtiruvchi yo‘llarida taqiqlar mavjud edi.

Shu kabi noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkentda shanba kuni Mustaqillik ko‘chasining muqaddam yopilgan bir qancha uchastkalarini ochishga tayyorlash ishlari boshlandi.

Qurilish texnikalari va ishchilar Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich (Hamid Olimjon maydoni) qarshisidagi qiyalik yo‘lini tozalamoqda.

O‘zbekiston poytaxti hokimiyati vakillari mazkur uchastka aynan qaysi muddatda ochilishini ma’lum qilgani yo‘q, biroq ishlarni jadallik bilan olib borishga va’da bermoqda.

Mazkur yo‘lning ochilishi shoh ko‘chada Shahrisabz ko‘chasidan Oloy bozoriga tomonga harakatlanuvchi avtotransportlar oqimining sezilarli darajada kamayishiga xizmat qilishi lozim.


Yaqin kunlarda o‘tgan yilning iyul oyida yopilgan Sayram ko‘chasining 7-tor ko‘chasi bilan kesishgan qismi (Davlat statistika qo‘mitasi binosi yaqini)ning ham ochilishi kutilmoqda.

Bu prezident saroyi atrofi bo‘lib, aholi va haydovchilarga qiyinchilik tug‘dirib kelgan. Bu esa shu atrofda yashovchi fuqarolarning ishga va uyga qatnashidagi masofani bir necha kilometrga qisqartirishga imkon tug‘diradi.


Bir vaqtning o‘zida Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasidagi chorrahaning ochilishi bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborildi.

O‘tgan yilning avgustida bu erga qarama-qarshi tomonga harakatlanishni butunlay cheklaydigan to‘siqlar o‘rnatilgan edi.

XS
SM
MD
LG