Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:26

“Karimovni duo qilish ommaviy vasvasaga aylantirildi”


Qiziqchi Mirzo Xolmedov
Qiziqchi Mirzo Xolmedov

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning salomatligi qay ahvoldaligi mavhum qolar ekan, ijtimoiy tarmoqlarda “duo qilish poygasi avj olgani” kuzatiladi.

Qiziqchi Mirza Xolmedov Instagramdagi sahifasiga qo‘ygan videosida prezidentga sog‘lik tilab duo qilishni ko‘zida ësh bilan so‘ragan. Shu bilan birga prezident suratini qo‘yib duo qilishga chaqirmagan artistlar qoralanmoqda.

Xususan¸ O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova ham duo qilmagani uchun ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari tomonidan tanqidga uchradi.

Prezidentni duo qilaëtganlar orasida yaqinlari uzoq muddat qamoqda qolaëtganlar ham bor. Ulardan biri "Rustambank" asoschisi Rustam Usmonovnig o‘g‘li Davlat Usmonov “prezidentni men qatori hamma sevadi” deya yozdi. Bankir Rustam Usmonov 17 yildan beri qamoqda qolmoqda.

Davlad Usmonovning sahifasidan tasvir
Davlad Usmonovning sahifasidan tasvir

Tarmoqlarda esa o‘zbek yuzerlari Karimovni "payg‘ambar" deya atashmoqda.

Odnaklassniki tarmog‘idagi yuzer Ollohga iltijo qilib¸ “Agar yurtboshimizga biror narsa bo‘lsa¸ seni Ollohim deya sira tan olmayman” deya ëzg‘iradi.

Stokholm sindromi?

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilxomov ta’kidicha bu ruhiy besaranjomlikning bir ko‘rinishi bo‘lgan Stokholm sindromidir:

- Go‘yoki xalq o‘z prezidenti haqida qayg‘urayotgani¸ o‘lmasin deb tilaklar tilagani bilan bog‘liq ommaviy ekstazni tahlil qilsak. Xalq o‘z prezidentini sevadi¸ degan afsonaga bizni ishontirishga urinishmoqda. Bu ma’rakada hukumatning ham tashkilotchilik ulushi bor. Yuzlab trolning oylik evaziga tarmoqlarda ijtimoiiy fikr yaratganiga oid amaliyotni Rossiya misolidan bilamiz. Hukumat yoki hukumatga yaqin fondlar bu trollarni moliyalaganini ham bilamiz. O‘zbeklar o‘z yurtboshisini sevishga safarbar degan hikoyani yaratish “Kamolot” va “Mahalla “jamg‘armasi kabi tashkilotlardan talab qilinganini ham bilamiz. Bu muqobil axborot yo‘q joyda ommaviy propaganda bilan miyalarni yuvish jarayonidir. O‘zbekiston bu uslubni Rossiyadan o‘zlashtirgan¸ deya olamiz.. Ko‘rayotganimiz holat ko‘pgina diktatorlik rejimlariga xos holat. Ruhshunos olimlar bu holatni “Stokholm sindromi” deya ta’riflashgan. Bu garovga olingan mazlumning o‘z zolimini sevishi demakdir. 25 yil mobaynida zombiga aylantirilgan aholida samimiy muhabbat bo‘lishi mumkinmi¸ degan savol ham o‘rtaga chiqadi.

Bu sindromning O‘zbekistonda hosil bo‘lishiga ikkita sabab mavjud. Birinchisi¸ jamiyatning keng qatlamiga ëyilgan patriarxal tutum¸ otaga sig‘inishning mafkuraviy bid’atga aylanishi.

Ikkinchisi esa¸ konformizm - odamlarning vaziyatga moslashuvi. Ruhiy adaptatsiya yoki ikkiyuzlamchilik. Bular ko‘pchilik fikriga ko‘chada qo‘shiladi. Uyiga kelib ko‘rpachaga cho‘kkanida boshqacha fikr aytadi. Bu qo‘shaloq standartlar davlat tepasidagilar tarafidan urfga kiritildi¸ desak ham bo‘ladi. Tribunadan bir gap gapirib¸ amalda boshqa ish qilinganligi yoki konstitutsiyaga bir gap yozib¸ hayotda uning teskarisi qilinishidir. Shu ma’noda bu ommaviy psixozdan boshqa narsa emas¸ deydi Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov.

XS
SM
MD
LG