Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:02

Rasmiy Toshkent Turkiyadagi portlashlarga o‘zbeklar aloqasi bor-yo‘qligidan bexabar


O‘zbekiston maxfiy xizmatlari Turkiyadagi portlashlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotganlar borasida hech qanday rasmiy hujjat olgani yo‘q. Rossiya ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston huquq-tartibot organlariga tayanib shunday xabar tarqatdi.

Rossiyaning “Novosti” axborot agentligi rasmiy Toshkentning Istanbul aeroportidagi terrorchilik hujumi to‘g‘risida Turkiyadan hech qanday bildirish hujjatlarini olmagani to‘g‘risida xabar tarqatdi.

28 iyun kungi Otaturk aeroportidagi portlashlarda ishtirok etgani taxmin qilinayotgan o‘zbeklar bor-yo‘qligi masalasida qilingan rus jurnalistlarining so‘roviga O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridagi manba bunday javob qaytargan:

Turkiya tomonidan biz hech qanday bildirishnoma olganimizcha yo‘q. Agarda ma’lumot taqdim etiladigan bo‘lsa, biz o‘rnatilgan tartib asosida ish olib boramiz”, dedi agentlik suhbatdoshi.

Ayni paytda, Istanbuldagi xalqaro aeroportda amalga oshirilgan portlashlar va otishma chog‘ida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 2 nafarga yetdi. Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining Ozodlikka aytishicha, 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi yaralangan.

O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatik idoralaridagi manba esa Ozodlikka marhum Abror Ustaboevning “qarindoshlariga Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga borib, marhumni Turkiyadan O‘zbekistonga olib kelishga yordam berishini so‘rab, ariza yozish kerakligi aytilgan”i oldinroq xabar qilingan edi.

Turkiya Adliya vazirligi o‘zining rasmiy saytida 29 iyun kuni e’lon qilgan qurbonlar ro‘yxatida yana 1 o‘zbekistonlik – Samat Muhiddinov ham borligi qayd etilgan.

Qirqdan ziyod odam o‘limiga sabab bo‘lgan 28 iyun kungi Istanbul xalqaro aeroportidagi terror hujumini uyushtirgan xudkush hujumchining biri O‘zbekiston vatandoshi, qolgan ikki nafari esa Rossiya va Qirg‘iziston vatandoshi bo‘lgan.

Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi payshanba kuni ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG