Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:40

Islom Karimov Erkin Vohidovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi


Shoir Erkin Vohidovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Qonunchilik Palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev, shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali hamda shoirlar Abdulla Oripov va Iqboljon Mirzaaliev ta’ziya bildirdi.

O‘zbekiston Qahramoni, atoqli shoir va adib Erkin Vohidov 30 may kuni 79 yoshida vafot etdi.

Shoir 31 may kuni Toshkent shahridagi "Chig‘atoy" qabristoniga dafn etildi.

«Atoqli shoir yarim asrdan ziyod ijodiy faoliyati davomida “Tong nafasi”, “Qo‘shig‘im sizga”, “Aql va yurak”, “Mening yulduzim”, “Yoshlik devoni”, “Tirik sayyoralar”, “Sharqiy qirg‘oq”, “Kelajakka maktub” kabi she’riy to‘plamlari, “Nido”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”, “Ko‘hinur” kabi dostonlari, “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi” singari sahna asarlari, “So‘z latofati” badiiy risolasi, jahon adabiyotining Hofiz Sheroziy, Mirzo Bedil, Gyote, Sergey Yesenin kabi mumtoz namoyandalari merosidan qilgan tarjimalari bilan o‘ziga xos ijodiy maktab yaratdi. Uning turli janrdagi o‘nlab asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilindi. », — deyiladi O‘zA axborot agentligi e’lon qilganta’ziyanomada.

Erkin Vohidov 1990–1995 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi qo‘mitasi raisi, 1995–2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi, 2005–2009 yillarda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

XS
SM
MD
LG